Anons

Andijondagi “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada san’ati festivali

E’lon qilingan sana· 2 225
Andijondagi “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada san’ati festivali

Andijonda 29−31 iyul kunlari an’anaviy II “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada san’ati festivali bo‘lib o‘tadi.

Bu yilgi tadbirning ochilish marosimi 29-iyul kuni Xonobod shahridagi istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tadi. Marosimda Oʻzbekiston va dunyo estradasi yulduzlari tomonidan konsert dasturlari va chiqishlar namoyish etiladi.

Xususan, ochilish marosimida Hamdam Sobirov, Yulduz Usmonova, Dianella (Qozog‘iston) va Jah Khalib (Qozog‘iston) ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Tadbirning 2-kuni, 30-iyulda gala-konsert o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, unda mashhur xonandalar Shohruxxon, Megan (Belgiya) va Jony (Ozarbayjon) o‘z chiqishlari bilan festival mehmonlarining diqqat markazida bo‘ladi.

31-iyul kuni festivalni yakunlash tadbiri va gala-konsertlar bo‘lib o‘tadi. Ushbu dasturda festival mehmonlari Rayxon, “Dj Sukhbir” (Hindiston) hamda jahon yulduzi Inna (Ruminiya) ishtirokidagi musiqiy chiqishlar qiladi.

Bundan tashqari, xalqaro tadbir doirasida Xonobod shahri bo‘ylab ko‘rgazmalar va madaniy dasturlar tashkil etiladi. Jumladan, festivalning har kunida madaniy-ma'rifiy chiqishlar, teatrlar hamda viloyatdagi mohir oshpazlarning mahorati namoyon etilgan ko‘rgazmalar mehmonlarga havola etiladi. Shahar bo‘ylab sayohat qilish istagida bo‘lgan mehmonlar uchun havo shari xizmati tashkil etilgan.

  • Sana
    29dan 31-iyulgacha
    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ