Massadan Liil Khurramovgacha: Bitiruvchilar uchun tashkil etilgan “Humo bitiruv kechasi”dan reportaj

E’lon qilingan sana· 1 571
Massadan Liil Khurramovgacha: Bitiruvchilar uchun tashkil etilgan “Humo bitiruv kechasi”dan reportaj

Humo Arenada 28-may kuni maktab bitiruvchilari uchun “Humo bitiruv kechasi” gala-konserti bo‘lib o‘tdi. Afisha.uz muxbirlari ushbu konsertda mehmon bo‘lib, undan reportaj tayyorladi.

Konsert davomida tomoshabinlar uchun Mona, Liil Khurramov, Yulduz Musa, Milena Madmusayeva, Timur Alixonov, Sabina Mustayeva, Dilnoz Hakimova va Massa kabi xonanda va blogerlar ishtirokidagi musiqiy-shou dasturi taqdim etildi.

Bitiruvchilarga bagʻishlangan konsertning asosiy qismini reper Massa oʻzining “Soqqa” qoʻshigʻi bilan boshlab berdi.

“Maktab vaqti oʻqish bilan oʻtgan, koʻchada daydimaganmiz, a’lo baholarga oʻqiganmiz”, — deya javob berdi reper maktab vaqtlari haqidagi savolga. Shuningdek, u bitiruvchilarga oʻz orzusi yoʻlida chekinmasdan harakat qilish kerakligi haqida maslahat berdi.

Bloger Timur Alixonov ham konsertda “Komfort”, “Yolgʻizlik”, “Такой лёгкий” qoʻshiqlarini kuyladi. Shuningdek, u oʻz chiqishining soʻngida “Odamlar nima deydi” qoʻshigʻini Konsta bilan birgalikda ijro etdi.

“Maktab paytlarim juda ham tinch boʻlgan, a’lo baholarga maktabni bitirganman. Maktab vaqtida ham shaddod, quvnoq boʻlganman. Oʻzimizni koʻrsatishga, oʻquvchilar orasida ajralib turishga, ustozlarning e’tiborini qozonishga harakat qilganmiz. Bitiruvchilarni katta hayotga tashlagan ilk qadamlari bilan tabriklayman. Bundan keyin oldingizga qoʻygan maqsadlaringiz uchun qadamlarni mustaqil tashlashingiz kerak. Bunda hammangizga omad tilab qolaman”, — dedi bloger.

Liil Khurramov “Humo bitiruv kechasi"da uchun haqiqiy shou namoyish etdi. Yetti daqiqalik chiqish davomida bloger har xil raqslar va qoʻshiqlar taqdim etdi.

“Maktabdagi Ozod Xurramov qoʻrqoq, uyalchang, pul topishni bilmagan, oʻzini koʻrsata olmagan bola boʻlgan. Hozirgi Ozod esa qoʻrqmaydi. Bugungi chiqishim ustida Davron Muqimov ishlagan”, — dedi bloger. Shuningdek, u bitiruvchilarga qanday tilaklar bildirasiz, deya berilgan savolga “Soqqa"ni bosinglar”, deb javob berdi.

Konsert davomida xonanda Dilnoz Hakimova oʻzining “Saharlarda”, “Daydi”, “U haqida” qoʻshiqlarini ijro etdi. Bundan tashqari, u ham bitiruvchilarga oʻz tilaklarini bildirdi.

“Bitiruvchilarning barchasiga omad tilayman! Muhimi yangi hayot ularni qoʻrquvga solmasin. Oʻzingizga ishoning, hammasi zoʻr boʻladi”, — dedi xonanda.

Shuningdek, konsertda Rossiyadagi “Голос. Дети” tanlovi gʻolibi Sabina Mustayeva ham oʻz mualliflik qoʻshiqlari va kaverlari bilan chiqish qildi.

“Men ajoyib maktabda oʻqiganman. Sinfdoshlarimni ham, ustozlarimni ham, maktab davrimni ham sogʻinaman. Bitiruvchilarga katta hayotda omad va baxt tilab qolaman.

“Голос. Дети” shousidan keyin sinfdoshlarim meni qoʻllab-quvvatlagan. Maktabda meni iliq kutib olishgan, hamma yerga sharlar ilingan va meni tanlovdagi qoʻshiqlarim qoʻyilgandi. Barcha meni tabriklagan", — deya ta’kidladi Sabina Mustayeva.

Bundan tashqari, konsert davomida Yulduz Musa, Milena Madmusayeva kabi xonandalar ham chiqish qildi.

Jaloliddin Ahmadaliyev konsertidan tayyorlangan reportajning to‘liq variantini Afisha.uzning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin:

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov
Azizbek Xamrakulov
Fotosuratchi
Azizbek Xamrakulov