Anons

"Sahna" stendap klubida yumoristik tadbirlar

E’lon qilingan sana· 104
"Sahna" stendap klubida yumoristik tadbirlar

“Sahna” stendap klubi yumoristik tadbirlarga taklif etadi.

5-iyun, chorshanba:

  • 20:00 — Rus tilida ochiq mikrofon. Yosh va tajribali komiklar rus tilida oʻz hazillarini sinab koʻradi.
    Kirish bepul, oldindan joy band qilish kerak.

6-Iyun, payshanba:

  • 20:00 — Portfolio shou. Ushbu shouda turli hil kasb vakillari oʻz portfoliolari bilan tashrif buyurishadi va komiklar bilan muhokama qilishadi.
    Kirish bepul, oldindan joy band qilish kerak.

7-Iyun juma:

  • 19:00 — Ochiq Mikrofon. Tajribali va yosh stand-up komiklar oʻzlarining hazillarni sinab koʻrishadi.
    Kirish bepul.
  • 21:00 — Uyat boʻlsa ham aytaman. Bekzod Karimovich, Ozod Shukrulloyev, Islom Karimov, Rasul 24 va Nozim Safari ishtirokida improvizatsion shou.
    Kirish narxi — 50 000 soʻm.

8-iyun, shanba:

  • 21:00 — Andrey Ayrapetov konserti. Andreyni “Outside Standup”, “Книжный клуб” va “Разгоны” shoulari orqali tanishingiz mumkin. Shuningdek, u avvalroq “Позорище”, “Запрос на искренность” va “Счастливый человек” nomli stendap konsertlarini ham ommaga taqdim etgan.
    Chipta narxi: 150 000 — 500 000 soʻm

9-iyun, yakshanba:

  • 20:00 — Stand-up'ingda aytasan! Ushbu shouning konsepsiyasi oddiy: siz sahnadagi komiklarga mavzu aytasiz, ular esa ayni vaqtning oʻzida hazillar oʻylab topishadi. Sir emaski, har bir odamda stendap komiklar bilishi kerak deb hisoblagan gʻoyalar bor.
    Kirish narxi — 50 000 soʻm.

Chiptalarni klubning rasmiy Telegram-boti orqali xarid qilish mumkin.