"Xayr, maktabim": Toshkentda "Soʻnggi qoʻngʻiroq" kuniga bagʻishlangan katta bepul konsert boʻlib oʻtadi
E’lon qilingan sana: · 6 612
25-may kuni “Xalqlar doʻstligi” saroyi maydonida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” kuniga bag‘ishlangan konsert dasturi boʻlib oʻtadi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.
Tashrif buyuruvchilarni Ravshan Sobirov, Nasiba Abdullayeva, Shoxruhxon, Ulugʻbek Rahmatullayev, Ziyoda va “Bolalar”, “Setora”, “Sahar”, “Afruz” guruhlari va san’atkorlar ishtirokida musiqiy dastur kutadi.
Konsert soat 19:00da boshlanadi.
Kirish barcha uchun bepul.
Tashkilotchilar: Toshkent shahar hokimligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi.