Madonna Rio-de-Janeyroda bepul konsert berdi, 1,6 million kishi tashrif buyurdi
E’lon qilingan sana: · 2 555
Amerikalik mashhur san’atkor Madonna Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 40 yillik faoliyatida eng katta auditoriya oldida konsert berdi. Uning dunyo boʻylab uyushtirgan “Celebration” nomli turnesi doirasidagi Kopakabana sohillarida bergan konsertiga 1,6 million kishi tashrif buyurdi.
Koʻpchilik yaxshi joy topish uchun u yerda bir necha soat, hatto kunlar davomida boʻlgan, badavlat muxlislar sohil yaqinidagi oʻnlab qayiqlarda langar qoʻygan, sohil boʻyidagi uylar toʻlib-toshgan.
Rio shtat va shahar hukumatlari konsert uchun 3,9 million dollar sarflaganini, qolgan qismini esa xususiy homiylar moliyalashtirganini maʼlum qildi. Rasmiylar konsert Rio iqtisodiyotiga 60 million real daromad keltirishi mumkinligini taxmin qilmoqda.