Anons

“Gollivud dunyosi” konserti

E’lon qilingan sana· 322
“Gollivud dunyosi” konserti

“Turkiston” san’at saroyida “Gollivud dunyosi” konserti bo‘lib o‘tadi. Unda gollivudning mashhur kinolari saundtreklari jonli ijro etiladi.

Tashrif buyuruvchilar jahon kinematografiyasining durdonalari — “Uzuklar hukmdori”, “Narniya yilnomalari”, “Karib dengizi qaroqchilari”, “Gladiator”, “Taxtlar o‘yini”, “Qasoskorlar”, “Jeyms Bond”, “Terminator” va boshqalarning kompozitsiyalarini tinglashi mumkin.

Konsertda Davlat xori, xizmat ko‘rsatgan xor jamoasi, O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri yetakchi sozandalari ishtirok etadi.

Chipta narxlari: 88 000 — 330 000 so‘m.
Chiptalarni bu yerdan sotib olish mumkin.