Ashxobod sayilgohi 20 dan ortiq o'zbek estradasi yulduzlari ishtirokidagi shou-dasturga taklif etadi

E’lon qilingan sana· 2 361
Ashxobod sayilgohi 20 dan ortiq o'zbek estradasi yulduzlari ishtirokidagi shou-dasturga taklif etadi

20 va 21 may kunlari sayilgohda gala-konsert bo‘lib o‘tadi, unda o‘zbek estradasi yulduzlari o‘zlarining mashhur qo‘shiqlarini ijro etishadi. Shuningdek, shu kunlari shou-dastur mehmonlari uchun bog'ning barcha attraksionlari bepul bo'ladi.

20 dan ortiq o’zbek estradasi yulduzlarini bir sahnada ko’rish imkoniyatini qo’ldan boy bermagan yaxshi.

20 va 21 may kunlari Ashxobod sayilgohida so’nggi xitlar va qiziqarli shou-dasturlari sizni kutmoqda.

Bundan tashqari konsert biletini xarid qilgan mehmonlar uchun shu kunlari soat 11:00 dan 23:00 gacha barcha attraksionlar bepuldir.

20-may yulduzli sahnada Munisa Rizayeva, Dj Piligrim, Rashid Holiqov va “Shahzod” guruhi, Jenisbek Piyazov, “Afruz” guruhi, Samandar Hamroqulov, “Via Marokand” guruhi va boshqalar chiqish qiladilar.

21-may kuni esa Tohir Sodiqov, Shoxruhxon, “Bojalar” guruhi, Rayhon, Shoxrux, Ulug’bek Rahmatullayev, “Benom” guruhi, Xamdam Sobirov, Imron, Ziyoda sizlar uchun bir sahnada bo’lishadi.

Bundan tashqari konsert tashkilotchilari sirli yulduzlarni ham taklif qilishgan. Agar ular kimligi qiziq bo’lsa bu imkoniyatni qo’ldan boy bermagan yaxshi. Chiptalar soni cheklangan.

Ushbu kunlari sayilgohga kirish Chilla festivali chiptalari bilan amalga oshiriladi.

Chiptalarni Ashxobod sayilgohi kassalari va iticket.uz ilovasi orqali harid qilishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun telefon: (+998) 71−203−7777.

Instagram: @ashxobod_sayilgohi

Reklama huquqlari asosida.