Anons

Til Bryonner konserti

E’lon qilingan sana· 162
Til Bryonner konserti

«O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyining ochiq maydonida Xalqaro jaz festivali doirasida taniqli jaz ijrochisi Til Bryonner va uning guruhi konsert dasturini taqdim etadi.

Til Bryonner — nemis damli cholg‘u sozandasi, xushovoz xonanda, taronalar moslashtiruvchisi va musiqiy prodyuser. Musiqachi o‘zining ilk sahna chiqishini 1993-yilda «Generations of Jazz» albomi bilan boshlab, u uchun Germaniya musiqa taqrizchilarining sovrini va Germaniya ovoz yozish sanoati mukofotiga sazovor bo‘lgan.

U Deyv Brubek, Toni Bennett, Mark Merfi, Jeyms Mudi, Monti Aleksandr, Nils Landgren, Klaus Doldinger va Jo Sempl kabi musiqachilar bilan birgalikda kuylab, 2003-yilda ruhoniy mavzudagi yakkaxon qo‘shiqchi Joy Denaleyn xonim bilan sayyor safarlarda bo‘lgan.

Kirish bepul.

Tashkilotchi: O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi.