"Raxmaninov bahori" festivali doirasidagi kamer musiqasi konserti qanday o'tdi? — Foto

E’lon qilingan sana· 761
"Raxmaninov bahori" festivali doirasidagi kamer musiqasi konserti qanday o'tdi? — Foto

6-aprel kuni Konservatoriyaning Organlar zalida «Raxmaninov bahori» festivali doirasida kamer musiqasi konserti bo‘lib o‘tdi. Tadbir Davlat simfonik orkestri va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Bu atoqli bastakor, pianinochi va dirijyor, jahon musiqa madaniyatining markaziy namoyandalaridan biri Sergey Raxmaninov tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan birinchi festivaldir.

Festival O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 1−15 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Konsert jadvali va chiptalar narxlari bilan saytimizning «Konsertlar» bo‘limida tanishish mumkin.

«Afisha» muxbiri 6-aprel kuni kamer musiqasi konsertiga tashrif buyurdi va uning qanday o’tganini suratlar orqali namoyish etadi.

Azizbek Xamrakulov
Fotosuratchi
Azizbek Xamrakulov