Anons

Gi Manukyanning konserti

E’lon qilingan sana· 184
Gi Manukyanning konserti

«O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyining ochiq maydonida Xalqaro jaz festivali dasturida taniqli jaz ijrochisi Gi Manukyan konserti bo‘lib o‘tadi.

Gi Manukyan — livanlik-armani musiqachi, bastakor va pianinochi. U 4 yoshidan chalishni boshlagan. 5 yoshida u televideniyeda ilk chiqish qilib, 6 yoshida esa Livan prezidenti saroyida ijro etib berishga taklif etiladi. 7 yoshlik navqiron Manukyan musiqa bastalab, o‘sha kezlardagi tanlovda ilk g‘alaba nashidasini suradi.

San’atkor erishgan sovrinlar orasida Los-Anjelesdagi «Armenian Music Awards"ning eng yaxshi raqsbop albomi va Dubaydagi «Arabian Music Awards» mukofoti mezonlariga ko‘ra a’lo darajadagi raqsbop albomini alohida qayd etish joiz.

Gi musiqasida aksariyat sharqona mavzular o‘rin olgan bo‘lib, badiha qismi bilan bevosita uyg‘unlikda ohangdor va sur’atli tarovatning o‘ziga xos qorishmasi mujassam.

Kirish bepul.

Tashkilotchi: O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi.