Anons

Igor Butman konserti

E’lon qilingan sana· 51
Igor Butman konserti

Igor Butman VII xalqaro jazz festivali doirasida Xalqaro forumlar saroyida chiqish qiladi.

Igor Butman haqli ravishda rus jazz san’atining jahon sahnasidagi asosiy elchisi hisoblanadi. 1997 va 1998 yillarda u Moskvadagi mustaqil jazz festivallarining prodyuseri va tashkilotchisi bo’lib, unda rus va amerikalik musiqachilarni bir sahnada birlashtirgan.

1999-yilda u Downbeat jurnali tomonidan “virtuozlar yulduz turkumi” deb atalgan dunyoga mashhur Moskva jazz orkestri, kvintet va kvartetga asos solgan. Igor Butmanning diskografiyasi 18 ta albomni o’z ichiga olib, Chick Corea, Jack DeJohnette, Jon Patitucci, Stefon Harris va Randal Brecker bilan birgalikda yozilgan, Magic Land albomi shular jumlasidan.

Chipta narxi: 100 000 so’mdan 500 000 so’mgacha.
Chiptalarni iticket.uz saytidan xarid qilish mumkin.

Jonli ijro.

Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.

Tashkilotchilar: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi hamda YUNESKO byurosi.