Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (24-aprel)

Oʻzbekiston kinoteatrlarida Ben Afflek ishtirokidagi “Расплата 2” jangari filmi, Tambi Masayev rol ijro etgan “Патруль. Последний приказ” komediyasi, “Джун и Джон” melodramasi va boshqa premyeralar namoyishi boshlandi.
“Расплата 2”
G‘aznachilik boʻyicha agent Meribet Medina sobiq rahbarining qotilini topishga harakat qilmoqda. U qotillik mahoratiga ega bo‘lgan daho matematik Kristian Vulfga murojaat qiladi. Kris ukasi Brax bilan birlashadi va asta-sekin bu jumboqning barcha qismlarini yechishni boshlaydi. Ular qanchalik haqiqatga yaqinlashsa, bu tergovni to‘xtatmoqchi bo‘lgan shafqatsiz qotillarning e’tiborini shunchalik o‘ziga tortadi.
“Патруль. Последний приказ”
Prezidentning Semey shahriga tashrifi kutilmoqda va mahalliy patrullar uning hamrohligidagi kortejga kirishga harakat qilmoqda. Ammo boshliq ularning obro‘sini hisobga olib, bu vazifaga Dima va Renat ismli elita politsiyachilarni tayinlaydi. Shunga qaramay, yigitlar taslim bo‘lish va mamlakatning birinchi shaxsiga hamrohlik qilish imkoniyatini qo‘ldan boy berish niyatida emas.
“Джун и Джон”
Jon — har doim qoidalar boʻyicha o‘ynaydigan yigit. Jun — ertasini oʻylamay yashaydigan qiz. Ularning uchrashuvi butun dunyoni ostin-ustun qiladigan portlashga aylanadi. Ular vaqt va qonunga qarshi chiqib, o‘z hayotini ranglar, sehr va cheksiz sevgi bilan to‘ldiradigan aql bovar qilmaydigan sarguzashtga kirishadi.
“Как перевоспитать дракона”
Chaqqon dengiz oti va kichkina Drakosha birgalikda Osmon Shahzodasi tomonidan ko‘zlardan yashirilgan qudratli artefaktlarni qidirmoqda. Agar artefaktlar yovuz qo‘llarga tushib qolsa, butun Yer yuzi xavf ostida qoladi. Konki va ajdahoni izidan Momaqaldiroq ma’budi va qudratli, ammo o‘ziga bino qo‘ygan jangchi Erlan yo‘l oladi. Ajdarho Sehrli nilufarni topgach, uni sirli xo‘jayiniga olib bormoqchi bo‘ladi. U Zulmat knyaziga xizmat qilayotganini xayoliga ham keltirmaydi. Sir oshkor bo‘lganda, Drakosha murakkab tanlov oldida qoladi: yovuz zulmat hukmdoriga yordam berishda davom etish yoki aksincha, yangi do‘stlarini himoya qilish.
“Пёс из будущего”
Mashhur musiqachi itga aylanib, kelajakka tushib qoladi. Bunga nima sabab boʻlganini aniqlash uchun u voyaga yetgan qizini topishi va uning bolalikdagi orzusini ro‘yobga chiqarishi kerak bo‘ladi.
“Дожить до рассвета”
Kloverning singlisi Melani sirli vaziyatda g‘oyib bo‘lganiga bir yil bo‘ldi. Qiz uni topish uchun do‘stlari bilan qidirishga tushadi. Ular tashlandiq markazni o‘rganayotib, niqobli qotilga duch keladi.
Do‘stlar birin-ketin halok boʻlishni boshlaydi, lekin o‘sha oqshomning boshidayoq uyg‘onib, hammasini qaytadan boshdan kechiradi. Vaqt chigʻirigʻiga tushib qolgan do‘stlar qayta-qayta ushbu dahshatni boshdan kechirishga majbur bo‘ladi. Takrorlanavergani sari tahdid yanada ortadi. Umidlar so‘nib boradi va ular bundan qutulishning yagona imkoniyati tonggacha tirik qolish ekanini tushunadi.
“Последний экзорцист”
Vatikanning topshirig‘i bilan Meyson ota o‘z yurtiga qaytadi. U so‘nggi paytlarda yetti nafar ekzortistning o‘limini tekshirishi va ko‘p yillar oldin vafot etgan va hozirda tushunarsiz tarzda tirilgan ruhoniyga oʻrnashib olgan yovuz iblisga qarshi kurashishi kerak. Meysonning hozirda psixolog boʻlgan birinchi muhabbati Tanis unga yovuzlik bilan kurashda yordam beradi va sirli tirilish haqida ma’lumot to‘playdi.