Endryu Garfild Oʻrgimchak odam roliga qaytadimi?

E’lon qilingan sana· 44
Endryu Garfild Oʻrgimchak odam roliga qaytadimi?

Britaniyalik aktyor Endryu Garfild O‘rgimchak odam (Piter Parker) obraziga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi. Bu haqda Deadline xabar berdi.

Qayd etilishicha, Garfild bu rolga qaytishiga ishonch bildirmayapti. Aktyor yana oʻrgimchak odamga aylanishi uchun yangi filmning syujeti hayratlanarli bo‘lishi kerak.

“O‘rgimchak odam rolini o‘ynash menga juda yoqadi. Men bu qahramonni yana qaysidir versiyada jon deb gavdalantirgan bo‘lardim, lekin menimcha, bu hayratlanarli narsa bo‘lishi kerak. Men hayratlanarli rolni o‘ynamoqchiman”, — dedi Endryu Garfild.

Endryu Garfild “Oʻrgimchak odam” haqidagi ikkita filmda bosh rolni ijro etgan. Shuningdek, Tobi Maguayr va Tom Holland (“Uyga yo‘l yo‘q”) bilan bir filmda parallel olamdan kelgan oʻrgimchak odam sifatida koʻrinish bergan. Tom Holland bosh rolni oʻynaydigan “Oʻrgimchak odam 4” filmi 2026-yilning yozida premyera qilinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling