Anons

Gavhar Zokirova ishtirokida “To‘ylar muborak” filmi namoyishi

E’lon qilingan sana· 601
Gavhar Zokirova ishtirokida “To‘ylar muborak” filmi namoyishi

Milliy kino san’ati saroyida Retro film klubi tomonidan “To‘ylar muborak” filmining namoyishi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova ishtirok etadi.

Tadbir davomida Klub yetakchisi Sardor Isxakov hamda mehmon san’atkor Gavhar Zokirova mazkur filmning tarixi va suratga olish jarayonidagi qiziqarli faktlar bilan o‘rtoqlashadi.

Kirish bepul.
Joylar soni cheklangan.

Tadbirda ishtirok etish uchun ushbu telefon raqami orqali roʻyxatdan oʻtish talab etiladi: (+998) 88−007−3500.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval