2025-yilgi Kann kinofestivalining asosiy dasturi e’lon qilindi

Ishtirokchilar orasida Ues Anderson, Ari Aster, Richard Linklater va boshqalar bor.
78-Xalqaro Kann kinofestival 13−24 may kunlari boʻlib oʻtadi. Bu yilgi hakamlar hayʼati raisi sifatida “The English Patient” va “Copie Conforme” filmlaridagi rollari bilan tanilgan fransuz aktrisasi Jyulet Binosh filmlarni baholaydi.
Asosiy tanlov:
“Alpha” — rejissyor Julia Dyukurno;
“The Mastermind” — rejissyor Kelli Reyxardt;
“The Young Mother’s Home” — rejissyor Jan-Pyer va Lyuk Darden;
“Dossier 137” — rejissyor Dominik Moll;
“Two Prosecutors” — rejissyor Sergey Loznitsa;
“The History of House” — rejissyor Oliver Hermanus;
“The Sound of Falling” — rejissyor Masha Shilinskiy;
“La Petite Dernière” — rejissyor Afsia Erzi;
“Nouvelle Vague” — rejissyor Richard Linklater;
“Eagles of the Republic” — rejissyor Tariq Solih;
“In Simple Accident” — rejissyor Jafar Panahiy;
“Renoir” — rejissyor Chi Hayakava;
“Romeria” — rejissyor Karla Simon;
“Sentimental Value” — rejissyor Yoahim Trier;
“Sirat” — rejissyor Oliver Laks;
“Fuori” — rejissyor Mario Martone;
“O Agente Secreto” — rejissyor Kleber Mendonsa Filyu;
“The Phoenician Scheme” — rejissyor Ues Anderson;
“Eddington” — rejissyor Ari Aster.
Kirill Serebrennikovning “Исчезновение” dramasi Kann premyerasi doirasida namoyish etiladi. Shuningdek, Skarlett Yoxansson va Xarris Dikinson rejissorlikdagi debyuti bilan Kannga keladi. Yoxannson Nyu-Yorkdagi keksa ayol va talaba o‘rtasidagi do‘stlik haqidagi “The Great Eleanor” filmini, Dikinson esa jamiyatda o‘z oʻrnini izlayotgan daydi rolida haqidagi “Urchin” dramasi bilan qatnashadi. Har ikki kartina “Alohida nigoh” dasturida namoyish etiladi.
Tanlovdan tashqarida Tom Kruz ishtirokidagi “Mission: Impossible — The Final Reckoning” va Spayk Li ishtirokidagi “Highest 2 Lowest” kinokartinalari namoyish etiladi. Faxriy Oltin Palma mukofoti Robert De Niroga kinoga qo‘shgan ulkan hissasi uchun topshiriladi.