Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (10-aprel)

Oʻzbekiston kinoteatrlarida “Дыхание шторма” dramasi, “Под огнём” jangovar filmi, “Джунгли Юрского периода” multfilmi va boshqa premyeralar namoyishi boshlandi.
“Дыхание шторма”
G‘avvoslar kemasi kuchli bo‘ronga duch keladi. Avariya natijasida xavfsizlik simi uziladi va jamoa a’zolaridan biri Shimoliy dengiz tubida qolib ketadi. Uning kislorod zaxirasi atigi 5 daqiqaga yetadi, yordam esa yarim soatdan keyin yetib kelishi mumkin. Ekipaj do‘stini uyga tirik qaytarish uchun kema va butun jamoani xavf ostiga qo‘yishga qaror qiladi.
“Под огнём”
Iroq, 2006-yil. “Dengiz mushuklari” jangovar guruhi dushman hududining qoq markaziga borib qoladi. Ular minglab soatlik mashaqqatli mashg‘ulotlarda toblangan elita jangchilaridir. Ammo hech narsa ularni bu qamalga tayyorlay olmaydi. Endi ular hayotidagi eng og‘ir damlarni boshdan kechirishi va har qanday holatda ham bir-birini qutqarishi kerak.
“Новичок”
Charlz Xeller — Markaziy razvedka boshqarmasining kriptografi, uning rafiqasi Londondagi terakt paytida halok bo‘lgan. Biroq uning rahbariyati tergovni cho‘zadi, shuning uchun Xeller terrorchilarni qidirish bilan mustaqil shug‘ullanishga qaror qiladi. Kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘lmagani uchun u agentlikni shantaj qilib, oʻzlarini maxsus o‘qishga yuborishlariga erishadi.
“Дроп”
Beva Violet ko‘p yillardan soʻng birinchi marta uchrashuvga boradi va biroz asabiylashadi. Ammo eng umidsizlikka tushganiga qaramay, hammasi ajoyib boʻladi va uning hamrohi juda yoqimli va qiziqarli suhbatdosh bo‘lib chiqadi. To‘satdan ayolga anonim xabarlar kela boshlaydi. Noma’lum shaxs agar Violet jinoyatchining ko‘rsatmalarini bajarmasa, uning kichik o‘g‘lini o‘ldirish bilan tahdid qiladi.
“Джунгли Юрского периода”
Afrika o‘rmonlaridan kelgan hayvonlar o‘zga sayyoraliklar yopishni unutgan vaqt portaliga tushib qoladi. Kelajakka qaytish uchun ularga dinozavrlarning yordami kerak bo‘ladi. Ammo qadimgi kaltakesaklarning o‘z muammolari yetarli. Axir ularning dunyosini to‘qmoqlar bilan qurollangan g‘or kelgindilari egallab olmoqchi.
“Пираты опасного моря: Капитан Клык”
Raven va Pinki eng yaqin doʻstlar boʻlib, qaroqchi va yetti dengiz qiroli kapitan Klik qo‘l ostida xizmat qiladi. Bir kuni makkor grafinya Sibilla Pinkini o‘g‘irlab ketadi. Bu uning kapitan Klikni qo‘lga olish va qaroqchilar vatanini zabt etish bo‘yicha ayyorona rejasining bir qismi edi. Endi dovyurak Raven kapitan So‘yloq, uning ajdahosi va quvnoq oshpazi bilan birgalikda grafinyani to‘xtatib, Pinkini qutqarishi kerak.
“Западня”
Bu oqshom Eddi uchun atalmagandi: u adashib boshqa mashinani oʻgʻriladi. Hashamatli avtomobil egasi Uilyam esa vaziyatni oʻz qoʻliga oldi. Endi Eddi juda xavfli odamning qo‘lida qoladi. Agar u vaziyatni yumshatish yo‘lini o‘ylab topmasa, halok boʻlishi mumkin. Shafqatsiz mushuk-sichqon oʻyini boshlanadi va uning yakuni Los-Anjelesning qoq markazida boʻlib oʻtadi.