Anons
XII "Shum Bola" nemis tilidagi filmlar festivali
E’lon qilingan sana: · 230

Milliy kino san’ati saroyida “Schlingel” xalqaro kinofestivali bilan hamkorlikda XII “Shum Bola” nemis tilidagi filmlar festivali bo‘lib o‘tadi.
Bu festival bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, nafaqat filmlar ko‘rish, balki yangi do‘stlar orttirish, madaniyatlar bilan tanishish imkoniyatini taqdim etadi.
Namoyish etiladigan filmlar jadvali quyidagicha:
- “Gnomlar: Yangi qalpoqlar, yangi topshiriqlar 2” filmi, yosh chegarasi: 0+
16-aprel, 12:00 — O‘zbek tiliga dublyaj bilan
17-aprel, 14:00 — Rus tiliga dublyaj bilan; - “Sehrli hayvonlar maktabi 3” filmi, yosh chegarasi: 8+
16-aprel, 14:00 — Rus tiliga dublyaj bilan
17-aprel, 16:00 — O‘zbek tiliga dublyaj bilan; - “G‘oliblar” filmi, yosh chegarasi: 10+
17-aprel, 12:00 — Rus tiliga dublyaj bilan; - “Marsdan salomlar” filmi, yosh chegarasi: 8+
18-aprel, 12:00 — O‘zbek tiliga dublyaj bilan
18-aprel, 16:00 — Rus tiliga dublyaj bilan; - “Kosmosdan ovoz” filmi, yosh chegarasi: 7+
18-aprel, 14:00 — O‘zbek tiliga dublyaj bilan.
Kirish bepul.
Chiptalarni ushbu telefon raqami orqali oldindan band qilish lozim: (+998) 97−455−1768.