Netflix “Love, Death & Robots” serialining to‘rtinchi fasli treylerini e'lon qildi

E’lon qilingan sana· 205
Netflix “Love, Death & Robots” serialining to‘rtinchi fasli treylerini e'lon qildi

Netflix striming platformasi “Love, Death & Robots” serialining to‘rtinchi fasli treylerini e’lon qildi.

Animatsion antologiyaning to‘rtinchi mavsumi turli mavzularni o‘rganuvchi bir-biridan mustaqil qisqa metrajli filmlarni taqdim etish an’anasini davom ettiradi. Tizer treylerda boʻlajak seriyalar uchun turli vizual uslublar, jumladan, ulkan robot chaqaloqlar va gladiator dinozavrlar haqidagi hikoyalar namoyish etilgan.

Devid Fincher va Tim Miller loyihaning ijrochi prodyuseri hisoblanadi, Jennifer Yuh Nelson esa direktor sifatida oʻz ishiga qaytadi. Yangi mavsum oʻnta qismdan iborat boʻladi.

Premyera sanasi 15-mayga belgilangan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling