Robert Pattinson "Dyuna 3" filmida antogonist rolini oʻynashi mumkin

E’lon qilingan sana· 103
Robert Pattinson "Dyuna 3" filmida antogonist rolini oʻynashi mumkin

Aktyor Robert Pattinson “Dyuna 3” filmining aktyorlar tarkibiga qo‘shilishi mumkin, deya xabar bermoqda Deadline. Legendary studiyasi esa hozircha bunga izoh berishdan bosh tortmoqda.

Manbalarga ko‘ra, aktyor bosh yovuz qahramon — Skateyl rolini o‘ynaydi. Filmning suratga olish ishlari shu yilning yozida boshlanadi, Deni Vilnyov rejissorlik kursiga qaytadi.

“Filmga Timoti Shalame, Florens Pyu va Zendayani o‘z ichiga olgan a-list guruhi allaqachon jalb qilingan va ular rollariga qaytishi kutilmoqda. Shunga qaramay, bir nechta yangi aktyorlar boʻladi”, — deya ma’lum qilmoqda Deadline nashri.

Avvalroq Vilnyov yangi kartina Pol Atreydes hikoyasini yakunlashini, shuningdek, Frenk Gerbert “Dyuna” haqida yana to‘rtta kitob yozganiga qaramay, bu franshizadagi ishtiroki yakunlashini aytgan edi.

Frank Gerbert romani asosida suratga olingan ikkinchi film 2024-yil 28-fevralda katta ekranlarga chiqdi. Filmda Timoti Shalame, Ostin Batler, Zendaya, Florens Pyu, Rebekka Fergyuson, Xavyer Bardem, Josh Brolin va Stellan Skarsgord bosh rollarni ijro etgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling