Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (3-aprel)

E’lon qilingan sana· 340
Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (3-aprel)

Oʻzbekiston kinoteatrlarida “Minecraft в кино” komediyasi, “Смерть единорога” fentezisi, “Падение короны” tarixiy dramasi va boshqa premyeralar namoyishi boshlandi.


“Minecraft в кино”

To‘rt nafar omadsiz sirli portal orqali g‘alati kubikli mo‘jizalar mamlakatiga tushib qoladi. Uyga qaytish uchun ular Stiv ismli usta bilan birga sehrli kvestdan o‘tishi kerak.

Chiptalarni sotib olish.


“Смерть единорога”

Ota va qiz dam olish kunlari mashhur milliarderning uyiga boradi va tasodifan yakkashoxni urib yuboradi. Ular kutilmagan baxtsiz hodisa qurbonini nima qilishni bilmasdan, o‘zlari bilan olib ketadi. Manzilga yetib borgach esa bunday aql bovar qilmas vaziyatdan ham naf chiqara oladigan odamlar borligini anglab yetadi.

Chiptalarni sotib olish.


“Падение короны”

XVIII asr. Lyudovik XVI, uning rafiqasi Mariya Antuanetta va ularning bolalari hibsga olinib, sudni kutish uchun Tur de Tampl qamoqxonasiga qamaladi. Cheksiz dabdabaning o‘rnini yolg‘izlik va nochorlik egallaydi. Oila Versal saroyining ulug‘vorligidan yiroqda boʻlgan holda umrida birinchi marta ojiz holda qoladi.

Chiptalarni sotib olish.


“Батя 2: Дед”

Xotini bilan ajrashayotgan paytda Maks bolaligini eslaydi. Unda ota-onasi ham ajrashmoqchi bo‘lib, uni yozda qishloqqa, frontchi bobosi oldiga yuborgandi. Shunda qattiqqo‘l bobo bolaning haqiqiy do‘sti va ustozi, shuningdek, uning ko‘plab kirdikorlarining guvohi va ishtirokchisi bo‘lgan.

Chiptalarni sotib olish.


“Астрал. Спуск к дьяволу”

Evelin kutilmaganda singlisidan katta yer-mulkni meros qilib oladi. Oilasi bilan u yerga ko‘chib o‘tgach, yerto‘lada g‘alati mehrobni topadi. Avvaliga qizi, keyin esa o‘g‘li g‘oyib bo‘lgach, Evelin bu uyning ayanchli tarixi borligini aniqlaydi — bu yerda ko‘plab qotilliklar boʻlgan, odamlar o‘z joniga qasd qilgan. Singlisi esa o‘limidan oldin bu yerda qandaydir marosimni o‘tkazishga harakat qilgan. Oilasini qaytarish uchun Evelin uyning eng dahshatli sirlariga duch kelishi kerak.

Chiptalarni sotib olish.


“Проклятие матери. Одержимая”

Turmush o‘rtog‘i vafotidan so‘ng, Seqar uch farzandini yolg‘iz o‘zi oyoqqa turg‘izishga harakat qilmoqda. Umidsizlikka tushib qolgach, mahalliy jodugarga yordam so‘rab murojaat qiladi va qudratli iblis bilan shartnoma tuzadi. Undan faqat bir narsani — bolalari hech narsaga muhtoj bo‘lmasligini so‘raydi.

Chiptalarni sotib olish.


“Девушка в красном платье”

Issiqko‘l qirg‘og‘ida yosh oila eski qahvaxonani qayta tiklaydi va dahshatli sirlarga duch keladi. Sirli hodisalar ularning orzusini qo‘rqinchli tushga aylantiradi.

Chiptalarni sotib olish.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling