Jeki Chan va Ralf Machchio birlashadi: "Karate Kid: Legends" treyleri e'lon qilindi

Sony kompaniyasi “Karate Kid: Legends” filmining yangi treylerini e’lon qildi. Kinokartina premyerasi 2025-yil 30-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Kinokartinada Denni LaRusso rolini aktyor Ralf Machchio ijro etadi, janob Xan roliga esa yana Jeki Chan qaytadi.
Film voqealari “Kobra Kay” final mavsumidan uch yil o‘tib sodir bo‘ladi. Oilaviy fojiadan so‘ng kung-fu vunderkindi Li Fong (Ben Vang) Pekindagi uyini tark etib, onasining oldiga Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi. Li yangi sinfdoshlari bilan chiqishib ketishga harakat qilib, o‘z o‘tmishini unutishga urinadi. Lekin u jang qilishni xohlamasa-da, muammolar uni topib kelaveradi.
Yangi do‘stiga yordam kerak bo‘lganda, Li karate musobaqalarida qatnashadi, lekin bunda mahoratning o‘zi yetarli boʻlmaydi. Kung-fu o‘qituvchisi janob Xan (Jeki Chan) haqiqiy karatechi Daniel LaRussodan (Ralf Machchio) yordam so‘raydi va Li yangi kurash usulini o‘rganadi.