Anons

Retro film klubida Charli Chaplin filmlari namoyishi

E’lon qilingan sana· 836
Retro film klubida Charli Chaplin filmlari namoyishi

Milliy kino san’ati saroyida (sobiq “Panorama”) komik aktyor Charli Chaplin filmlarining namoyishi boʻlib oʻtadi.

Charli Chaplin — XX asr kinosining eng sirli, eng iste’dodli va eng mashhur shaxslaridan biri. Uning filmlari faqatgina hazil emas, balki inson qalbining eng chuqur his-tuyg‘ularini aks ettirgan san’at durdonalari hisoblanadi. Retro film klubi Charli Chaplin ijodiga bag‘ishlangan maxsus filmlar haftaligini e’lon qiladi.

Filmlar quyidagi jadval asosida namoyish etiladi:

  • 29-mart, 18:30 — “Chaqaloq” (Ovozsiz film);
  • 30-mart, 18:30 — “Katta shahar chiroqlari” (Ovozsiz film);
  • 31-mart, 18:30 — “Yangi zamonlar” (Ovozsiz film);
  • 1-aprel, 18:30 — “Buyuk diktator” (Rus tilida).

Kirish bepul.

Batafsil ma’lumot uchun telefon raqami: (+998) 88−007−3500.

    Telegram kanalimizga obuna bo‘ling