"Destination: Bloodlines" ("Ajal rejasi 6") filmining treyleri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 186
"Destination: Bloodlines" ("Ajal rejasi 6") filmining treyleri e'lon qilindi

Warner Bros. kompaniyasi “Destination: Bloodlines” (“Ajal rejasi”) filmining oltinchi qismi rasmiy treylerini e’lon qildi. Kinokartina 16-may kuni jahon prokatida premyera qilinadi.

Film syujetiga ko‘ra, kollej talabasi oilasini xavfdan qutqarish uchun o‘z shahriga qaytadi. Aktyor Toni Todd morg xodimi Uilyam Blauort rolini yana bir bor ijro etgan (aktyor 2024-yil noyabr oyida vafot etgan).

Rejissyorlar Zak Lipovski va Adam B. Steyn (“Freaks”) hisoblanadi. Ssenariyni Gari Byusik (“Scream VI”) yozgan va prodyuserlardan biri esa Jon Uotts (“O‘rgimchak odam”) hisoblanadi.

“Destination” franshizasidagi filmlar 2000-yildan 2011-yilgacha chiqarilgan va muqarrar o‘limdan qochishga urinayotgan bir guruh odamlar haqida hikoya qilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling