"Daydi", "Uch savdoyi", "Sanju": Bollivudning e'tiborga molik 10 ta filmi

E’lon qilingan sana· 529
"Daydi", "Uch savdoyi", "Sanju": Bollivudning e'tiborga molik 10 ta filmi

Oʻzbekistonlik kino muxlislari hind kinematografiyasi ham Gollivud bilan bir qatorda muhim hisoblanadi. Bollivudda ham bir qator buyuk aktyorlar va ularning unutilmas filmlari mavjud. Raj Kapur, Amitabh Bachcha, Mitxun Chakrabortilar shular jumlasidan. Afisha.uz ushbu jamlanmada e’tiborga molik hind filmlarini bir yerga jamladi.

Shuningdek, roʻyxat rang-barang boʻlishi uchun hind kinosi qiroli Shohruhxonning filmlari undan oʻrin olmagan. Bu aktyor uchun alohida jamlanma qilsa arziydi.


“Daydi”

Hind kinosi afsonasi boʻlgan Raj Kapur bir qator filmlarda rol ijro etgan. Uning “Sangam”, “Janob 420”, “Masxaraboz” kabi filmlari oʻzbek tomoshabinlari orasida mashhur. Ammo biz ushbu jamlanmada uning 1951-yilda ishlangan “Daydi” filmini eslashga qaror qildik.

Raju ko‘chada yashashga majbur, chunki bolaligida otasi onasini tashlab ketgan va ular ko‘chada qolgan. U otasini o‘ldirmoqchi bo‘ladi, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Endi u sud oldida javob berishi kerak, bolalikdagi qiz doʻsti esa uni himoya qilishga qaror qiladi.

Filmni tomosha qilish.


“Xarobadan chiqqan millioner”

Ushbu kinokartina AQSh, Buyuk Britaniya hamda Hindiston hamkorligida ishlangan boʻlib, sakkizta yoʻnalishda, jumladan, Eng yaxshi film nominatsiyasida Oskar mukofotini qoʻlga kiritgan.

Mumbaydagi xarobalarda yashaydigan 18 yoshli Jamol Malik “Kim millioner bo‘lishni xohlaydi?” teleo‘yinida g‘olib boʻlishiga, 20 million rupiy yutib olishiga bir qadam qoldi. O‘yin toʻxtatiladi, u firibgarlikda gumon qilinadi va politsiya tomonidan hibsga olinadi.

Filmni tomosha qilish.


“Sanju”

Hind kinosida hozirgi kunda yangi Shohruhxon deya ataladigan Ranbir Kapur ham oʻzbek tomoshabinlari orasida oʻzining bir qator filmlari bilan mashhur. Ushbu kinokartina esa biografik janrda boʻlib, unda Munnaboy obrazi bilan mashhur boʻlgan Sanjar Dattning hayoti haqida hikoya qilinadi.

Sanju o‘z hayotini boy berib qoʻyishga yaqin turganda, rafiqasi Manyaata uni qutqarib qoladi. Keyin esa u Londonda yashovchi yozuvchi Vinni Diasdan o‘z tarjimai holini yozishni so‘raydi.

Filmni tomosha qilish.


“Qasos va qonun”

Hind kinosida bir qator koʻzga koʻringan mashhur aktyorlar boʻlib, jamlanmada ularning har birini eslab oʻtish lozim. Jumladan, Amitabh Bachchan ham Bollivudning afsonalari qatoriga kiradi. 1975-yilda ishlangan “Qasos va qonun” kinokartinasi aktyorning mashhur boʻlishida katta oʻrin tutadi.

Politsiya boʻlimi toʻdaning iziga hujum qilib, toʻda boshligʻini qoʻlga olishga muvaffaq boʻldi. Ammo birorta ham hujrada uni ushlab turadigan devorlar mavjud emas. Jinoyatchi qamoqdan qochib, politsiya inspektorining oilasini shafqatsizlarcha oʻldiradi. Zolimdan qasos olish va tinch qishloqni qaroqchilar toʻdasidan himoya qilish uchun inspektor Takur ikkita jasur yigitni yollaydi.

Filmni tomosha qilish.


“Amar, Akbar, Antoni”

Oradan ikki yil oʻtib 1977-yilda Amitabh Bachchan yana bir klassik hind filmida rol ijro etadi. Shuningdek, filmda Rishi Kapur va Vinod Xanna ham suratga tushgan. “Amar, Akbar, Antoni” bagʻrikenglikni targʻib qilgani uchun ham mashhur hisoblanadi.

Kambag‘al oila boshiga kulfat tushadi. Otasi qaroqchilardan qochishga majbur, onasi kasallik va qayg‘udan ko‘r bo‘lib qolgan. Uch nafar yosh bola esa yo‘qolib qoldi. Ularning har birining taqdiri turlicha kechadi. Uch yigit aka-uka ekanini bilmay, yana uchrashadi.

Filmni tomosha qilish.


“Disko raqqosi”

Mashhur hind aktyorlari filmlari qatorida Mitxun Chakrabortining “Disko raqqosi” kinokartinasi ham alohida oʻrin tutadi. Shuningdek, film musiqalari va raqslari bilan ham tomoshabinlarning yodida qolgan.

Jimmi pul topish uchun togʻasi bilan koʻchada chiqishlar uyushtiradigan bola. Kunlarning birida badavlat bir insonning uyidagi voqea tufayli Jimmi va oilasining tinchi buziladi. U oyisi bilan ona shahrini tark etishga majbur. Yillar oʻtib, iste’dod va tinimsiz mehnat evaziga mashxurlikka erishadi. Sevgan qizi Jimmi va uning onasini koʻp yillar oldin haqoratlagan boyning farzandi boʻlib chiqadi.

Filmni tomosha qilish.


“Uch savdoyi”

Bollivud road-movie janrida filmlar ishlashga usta hisoblanadi. “Uch savdoyi” filmi ham shular jumlasidan. Rancho, Raju va Farhanning sarguzashtlari “Zubi-zubi” qoʻshigʻi hamda “Qoʻlingni yuraginga qoʻyda, hammasi yaxshi, deb ayt” jumlalari bilan ham mashhur.

Ikki do‘st yo‘qolgan doʻstini izlab yo‘lga tushadi. Bu sayohatda ular unutilgan bahslarga aralashishi, birovning to‘yini buzishi va dafn marosimlarida qatnashishi kerak bo‘ladi. Ular g‘alati yo‘l bilan hayotiga bostirib kirib, undagi hamma narsani o‘zgartirib yuborgan doʻstini, bebosh va erkin fikrli Ranchoni eslaydi.

Filmni tomosha qilish.


“PK”

“Uch savdoyi” filmi eslanganda, albatta, Amir Xon bosh rolni oʻynagan yana bir kinokartina “PK” haqida ham soʻz boradi. Film mashhur rejissyor Rajkumar Xirani tomonidan suratga olingan.

O‘zga sayyoralik Pikey inson tabiati va Yerdagi hayotni o‘rganish uchun keladi. Ammo sayyora uni juda qo‘pol kutib oladi. Uning kosmik kema bilan aloqasini ta’minlaydigan masofadan boshqarish pulti o‘g‘irlab ketiladi. Endi u pultni topishi kerak, ungacha esa Yerda o‘zicha kun ko‘rishiga to‘g‘ri keladi.

Filmni tomosha qilish.


“Sen va men”

Saif Ali Xon musiqali romantik filmda Rani Mukerji bilan suratga tushadi. Kinokartina 2004-yilda suratga olingan boʻlib, Bollivuddagi ajoyib sevgi qissalaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Karan Kapur Hindistonning yetakchi gazetalaridan birida multiplikator bo‘lib ishlaydi. Sodda qilib aytganda, u komikslar chizadi. U birinchi marta Amsterdamda Rey Prakash bilan uchrashdi va ular birga sayr qiladi, biroq uchrashuv yomon kayfiyatda yakunlanadi. Yarim yil o‘tgach, yigit va qiz Nyu-Yorkdagi bog‘da uchrashdi.

Filmni tomosha qilish.


“Salom Namaste”

Bu filmda esa Saif Ali Xon yana bir Bollivud aktrisasi Priti Zinta bilan duetda rol oʻynagan. Ushbu kinokartina bir nafasda koʻrish uchun moʻljallangan yengil romantik komediya hisoblanadi.

Ular oʻz baxtini izlash uchun uzoq Melburnga boradi. Ikki qahramon hayotda juda koʻp narsalarga erishgan. Nikhil yuqori darajadagi oshpazga aylandi, Barn esa yetakchi radioboshlovchi. Ammo bir kun ular uchrashadi, doʻst boʻladi va bir xonada yashashga kelishadi, keyinchalik ularning hayoti ham birlashib ketadi.

Filmni tomosha qilish.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling