"Zumrad shahrining sehrgari: Sariq gʻishtli yoʻl" filmi oʻzbek tilida dublyaj qilindi

E’lon qilingan sana· 1 641
"Zumrad shahrining sehrgari: Sariq gʻishtli yoʻl" filmi oʻzbek tilida dublyaj qilindi

15-mart kuni “Kinopoisk” portaliga “Zumrad shahrining sehrgari: Sariq gʻishtli yoʻl” filmining oʻzbekcha dublyajdagi versiyasi joylanadi.

Personajlarga quyidagilar ovoz berdi:

  • Elli — Shahrizoda Kamaldinova;
  • Sher — Mahmud Ismoilov;
  • Bastinda — Dilfuza Shonazarova;
  • Gingema — Nazokat Abdurahmonova;
  • Villina — Zarina Otajonova;
  • Totoshka — Diyorbek Ibragimov;
  • Odamxoʻr — Aziz Latipov;
  • Ota — Nodir Mirzaahmedov;
  • Dala qoʻriqchisi — Oʻtkir Alimov;
  • Oʻtinchi — Ixtiyor Otajonov;
  • Ona, Sichqon — Laziza Mirkomilova;
  • Urfin Jus — Ortiq Nuriddinov;
  • Qargʻa — Otabek Iskandarov;
  • Miltildoq ayol — Maftuna Isagaliiyeva.

Premyera oʻzbek va qozoq tillarida dublyaj bilan chiqariladi. Tarjima va dublyajni avvalroq “Tarjimon”, “The Equalizer”, “Nojentlmencha ishlar vazirligi”, “Garfild”, “Bad Boys: Ride or Die”, “Bridjet Jons: Yashash vaqti keldi” va boshqa filmlarni oʻzbek tiliga oʻgirgan “Kitchen Russia” dublyaj studiyasi amalga oshirdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling