Asal Shodiyeva ishtirokidagi "Uyga qaytish" filmi premyera qilinadi
E’lon qilingan sana: · 984

Milliy kino san’ati saroyida 10-mart kuni soat 15:00 da “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Uyga qaytish” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi.
Film uch qizning taqdir taqozosi bilan uchrashib qolishi, tasodifan katta mablag‘ni qo‘lga kiritib, buning orqasidan turli sarguzashtlarni boshdan kechirishi va oxir-oqibat inson qadr — qimmati pul bilan o‘lchanmasligini tushunib yetishi haqida hikoya qiladi.
Kinokartina ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Dilshoda Qosimova hisoblanadi. Bosh rollarni Asal Shodiyeva, Feruza Yusupova va Sitora Alimjonovalar ijro etgan.