2025-yil mart oyida O‘zbekiston kinoteatrlarida nimalarni tomosha qilish mumkin?

E’lon qilingan sana· 897
2025-yil mart oyida O‘zbekiston kinoteatrlarida nimalarni tomosha qilish mumkin?

Termometr asablarni oʻynashda davom etayotgan vaqtda kinoteatrlarda hamma narsa barqaror — bu yerda sizni iliqlik, popkorn va yangi premyeralarga to‘la katta ekranlar kutmoqda. Shunday qilib, chiptalarni olamiz, do‘stlarni taklif qilamiz (albatta, yolg‘iz borish ham mumkin) hamda umrning bir necha soatini va pullarni qaysi filmda sarflash mumkinligini koʻrib chiqamiz.

Микки 17

Mickey 17
Janr: fantastika, komediya, sarguzasht.
Premyera sanasi: 6-mart.

Robert Pattinson yana qiynalmoqda. Endi uning ishi — o‘lish. San’at uchun emas, dramaturgiya uchun emas, shunchaki “sarflanuvchi” bo‘lgani uchun. Qiziq tuyuldimi? Buning sababi shundaki, loyiha uchun “Parazitlar” filmi bilan ijtimoiy tartibsizliklar haqida oʻylashga majbur qilgan Pon Jun Xo shaxsan javobgar va u odatda koʻrishga arzimaydigan filmlar suratga olmaydi. “Микки 17” — cheksiz o‘limlar va oʻylantirib qoʻyadigan savollar dunyosiga chipta boʻla oladi.

Sinopsis: Mikki Barns muz bilan qoplangan Nilfeym sayyorasini mustamlaka qilish missiyasiga yozilmoqda. Uning ekipajdagi roli oddiy, ammo yoqimsiz — xavfli vazifalar uchun “sarflanuvchi material” bo‘lish, o‘lish va keyin oldingi versiyaning xotirasini saqlaydigan yangi klon sifatida qayta tug‘ilish. O‘n yettinchi klon yo‘qolganda, missiyaning qolgan a’zolari uni halok bo‘lgan deb hisoblashadi va navbatdagi Mikki dunyoga keladi. Ammo kutilmaganda Mikki 17 bazaga qaytib keladi…


“Бабушка на миллион”

Lahn Mah
Janr: komediya, drama.
Premyera sanasi: 6-mart.

Agar sizni tabassum qilishg, o‘ylash va ehtimol ko‘z yosh to‘kishga majbur qiladigan filmni qidirayotgan bo‘lsangiz, “Бабушка на миллион” oilaviy tomosha uchun ajoyib tanlov. Bizga Tailandda boylikka chanqoqlik haqiqiy oilaviy qadriyatlarga aylanib ketishi mumkinligi haqida ta’sirli hikoyani va’da qilishmoqda. Yaqin insonlarning ahamiyatini hamda ba’zida eng qimmatli meros bu muhabbat va biz bilan abadiy qoladigan xotiralar ekanligini eslash vaqti keldi.

Sinopsis: M ismli yigit hayotda faqat video o‘yinlarga qiziqadi, ammo strimlardan pul topish unchalik oson emas. Otasi tomondan boʻlgan bobosi vafot etib, uyni unga g‘amxo‘rlik qilgan nabirasiga vasiyat qilganini bilganda, M ham onasi tomondan boʻlgan, saratonning to‘rtinchi bosqichini oʻtkazayotgan buvisini parvarish qilishga qaror qiladi. Yigit buvisining sevimli merosxo‘ri bo‘lish va uyga ega chiqish niyatida uning yoniga ko‘chib o‘tadi.


“Мелочи жизни”

Small Things Like These
Janr: drama, tarixiy.
Premyera sanasi: 13-mart.

Killian Myorfi Oppenhaymer rolidan so‘ng oddiyroq, ya’ni ma’naviy azob-uqubatlarga duchor bo‘lgan ko‘mirchi obrazida boʻlishi kerak, degan qarorga keldi. Agar sizga bosh qahramon na resurslari, na qo‘llab-quvvatlash, na sog‘lom fikri bo‘lishiga qaramay, tizim bilan kurashishga qaror qiladigan filmlar yoqsa, unda “Мелочи жизни” aynan siz uchun. Jiddiyroq aytadigan boʻlsak, bu befarqlik va shafqatsizlik sharoitidagi jasorat va insoniylik haqidagi chuqur drama.

Sinopsis: Irlandiya, 1985-yil. Rojdestvo arafasida kamtarin ko‘mirchi va sodiq otasi Bill Ferlong tasodifan mahalliy katolik monastiri devorlari ortida dahshatli voqealarning guvohi bo‘ladi. U oilasining noroziligiga qaramay, adolat izlab, jamiyatga qarshi chiqadi.


“Опус”

Opus
Janr: triller, qoʻrqinchli.
Premyera sanasi: 13-mart.

G‘arb tanqidchilarining fikriga ko‘ra, bu yilning eng kutilgan qoʻrqinchli filmlaridan biri. Mark Entoni Grinning rejissyorlik debyuti shaxsga sig‘inish va mashhurlikka berilishning qorong‘u tomonlarini o‘rganishga harakat qiladi. Bosh rollarni Jon Malkovich va Ayyo Edebiri oʻynagan.

Sinopsis: yosh jurnalistni o‘ttiz yil oldin sirli sharoitda g‘oyib bo‘lgan afsonaviy pop-ijrochining chekka joydagi uyiga taklif qilishadi. Yulduzning muxlislari va mast mehmonlar tomonidan qurshab olingan qiz uning ayyorona rejasining markazida ekanini tezda tushunadi.


“Черный чемодан — двойная игра”

Black Bag
Janr: triller, drama.
Premyera sanasi: 13-mart.

Stiven Soderberg o‘zining g‘ayrioddiy “Присутствия” filmidan so‘ng bizni shunchaki qo‘yib yubormoqchi emas. Bu safar u josuslik trillerini sovg‘a qilmoqda, unda Maykl Fassbender va Keyt Blanshett razvedkada ishlaydigan juftlik rolini oʻynaydi. Ular shaxsiy va kasbiy chegaralarni ajratishga harakat qiladi, ammo Fassbender ma’lumotlar sizib chiqishini bartaraf etishni buyurganida, bu chegaralar yo‘qoladi. Asosiy gumondor kim ekanini topdingizmi? Ha, bu “Мистер и миссис Смит: Часть вторая"ga oʻxshaydi, lekin Soderberg bizni qanday hayratda qoldirishni biladi.


“Белоснежка”

Snow White
Janr: musiqiy, fentezi, melodrama, sarguzasht, oilaviy.
Premyera sanasi: 20-mart.

Shunday qilib, Disney yana bir bor muxlislar klassik ertakning remeykisiz yashay olmaydi, degan qarorga keldi. So‘nggi bir necha yil ichida dunyoda yangi “Белоснежка"dan ko‘ra shov-shuvli film bo‘lmasa kerak. Yovuz qirolicha rolini oʻynagan Gal Gadot Oppogʻoy rolini oʻynagan Reychel Zegler go‘zalligiga hasad qiladi… Disney yoki ustimizdan kulayotganga oʻxshaydi. Rejissor Mark Uebb o‘z karyerasini xavf ostiga qo‘yishga rozi bo‘ldi va postanovkaga kirishdi. Unga faqat omad tilaymiz.

Sinopsis: bolaligidayoq ota-onasidan ayrilgan malika Oppog‘oy Qirolicha qaramog‘ida qoladi. O‘gay onasining sovuqqonligi va xudbinligiga qaramay, Oppog‘oy o‘zining go‘zalligi bilan Qirolichaning o‘zini ham ortda qoldirib, mehribon va muloyim qiz bo‘lib o‘sdi. Bunga chiday olmay, u o‘gay qizini o‘rmonga, muqarrar o‘limga jo‘natadi. Ammo Oppog‘oy kutilmaganda unga o‘z singlisidek bog‘lanib qolgan yetti gnomning kulbasida najot va boshpana topadi. Biroq uning tashvishlari shu bilan tugamaydi…


“Новокаин”

Novocaine
Janr: jangari, triller, komediya.
Premyera sanasi: 20-mart.

Og‘riqni his qilmaydigan odam jangari film qahramoniga aylansa, qanday boʻlishi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz, “Новокаин” filmi bu savolga javob berishga tayyor. Ajoyib g‘oya, umid qilamizki, film bizga nafaqat jangovarlikni, balki bizni zaif va bir paytning oʻzida kuchli qiladigan narsalar haqida o‘ylashga sabab bo‘ladi.

Sinopsis: Neytan Keyn kamdan kam uchraydigan genetik kasallik bilan tug‘ilgan kamtar yigit bo‘lib, u jismoniy og‘riqqa moyil emas. Orzusidagi qiz bank o‘g‘rilari tomonidan garovga olinganida, Neytan o‘z kasalligini super kuchga aylantirishga majbur bo‘ladi.


“Мастер”

A Working Man
Janr: jangari.
Premyera sanasi: 27-mart.

Devid Eyr (“Asalarichi”) ketma ket ikkinchi yil erkaklar publisistlari bilan hamkorlik qilib, ikkinchi yil ketma-ket asosiy trenddagi jangovar filmni suratga olmoqda. Unda odatdagidek baquvvat kal erkak ablahlarni jazolaydi. Shubhasiz, Stethem tarix yaratmoqda. Hech kim uning yangi Magnum opus’ini o‘tkazib yuborishga jur’at etmaydi.

Sinopsis: Levon Keyd — qurilishda ishchi, ammo qurilish direktori qizini noma’lum shaxslar o‘g‘irlab ketganda, u yordam so‘rab aynan Levonga murojaat qiladi. Niqoblarni olib tashlash va haqiqiy mahoratni ko‘rsatish vaqti keldi.


“Западня”

Locked
Janr: qoʻrqinchli, triller.
Premyera sanasi: 27-mart.

Jon Kramer uslubidagi jabrlanuvchi rolini Bill Skarsgard va manyak rolini Entoni Xopkins ijro etgan dahshatli triller?! Albatta, tomosha qilamiz. Va ushbu kinokartinaga “Гори, гори ясно” filmi rejissyori boshchilik qilgan.

Sinopsis: bu oqshom Eddi uchun oson bo‘lmaydi: u noto‘g‘ri mashinani o‘g‘irladi. Hashamatli avtomobil egasi Uilyam qonunni o‘z qo‘liga oldi. Endi Eddi juda xavfli odamning qo‘lida, agar u jazoni yumshatish yoʻlini topmasa, hayotiga Los-Anjelesning qoq markazida yakun yasaladi.


“Питер Пэн. Кошмар в Нетландии”

Peter Pan’s Neverland Nightmare
Janr: qoʻrqinchli.
Premyera sanasi: 27-mart.

“Vinni Pux: Qon va asal” tresh-horrori yodingizdami? Kinokartina “Кошмар в Нетландии” bilan birga “buzuq bolalik olami"dan oʻrin olgan. Bu loyiha haqida boshqa hech narsa bilishning hojati yo‘q.

Sinopsis: Norvud provinsial shaharchasida bolalar sirli tarzda g‘oyib bo‘ladi. Vendining ukasini topish uchun Darling abadiy bolalik va “Netlandiya” deb nomlangan abadiy bolalik g‘oyasi sabab aqldan ozgan manyak Piter Pen bilan kurashadi.

Roman Knishev
Muallif
Roman Knishev
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling