“Hammasi biz bilan tugaydi” filmi va “Ming bir kecha” seriali oʻzbek tiliga dublyaj qilindi

E’lon qilingan sana· 443
“Hammasi biz bilan tugaydi” filmi va “Ming bir kecha” seriali oʻzbek tiliga dublyaj qilindi

Avvalroq “Tarjimon”, “The Equalizer”, “Nojentlmencha ishlar vazirligi”, “Garfild” va boshqa filmlarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan “Kitchen Russia” dublyaj studiyasi bir qator yangi loyihalarini e’lon qildi.

Unga koʻra, Kinopoisk striming platformasida “Hammasi biz bilan tugaydi” filmining oʻzbekcha dublyaji paydo boʻldi.

Personajlarga quyidagilar ovoz berdi:

  • Lili — Zarina Otajonova;
  • Rayl — Otabek Iskandarov;
  • Atlas — Nodir Mirzaahmedov;
  • Alisa — Dilbar Abdukamolova;
  • Marshal — Diyorbek Ibragimov;
  • Jenni — Noila Toshkenboyeva;
  • Endryu — Ixtiyor Otajonov;
  • Doktor — Laziza Mirkomilova.

Shuningdek, “Ming bir kecha” seriali ham oʻzbekcha dublyajda namoyish etildi.

Serial 7,7 reytingga ega bo‘lib, Shahriyorning qonxo‘r fe’lini jilovlash uchun taqdiri dunyoga kelishidan oldinroq belgilab qo‘yilgan misrlik Godar haqidagi hikoya iplarini to‘qishni boshlagan Shahrizoda haqida hikoya qiladi. Hozircha to‘rtta seriya premyera qilingan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling