Milliy kino san'ati saroyi bepul kinonamoyishlariga taklif etadi

E’lon qilingan sana· 1 397
Milliy kino san'ati saroyi bepul kinonamoyishlariga taklif etadi

Milliy kino sanʼati saroyida 20-fevraldan 6-martgacha “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tadi. Unda 2024-yilda ishlangan oʻzbek filmlari namoyish etiladi.

Qayd etilishicha, kinoteatrda badiiy, badiiy-publitsistik, hujjatli, qisqa metrajli va animatsion filmlar tomoshabinlarga havola etiladi.

Kinokartinalar orasida “Bahodir Yalangtoʻsh”, “Uch qahramon”, “Bahorni quvib”, “Pandemiya” kabi badiiy filmlar namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu havola orqali “Ochiq eshiklar kuni” doirasida namoyish etiladigan barcha filmlar roʻyxati bilan tanishish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling