Pelin Karaxan va Faxriye Evjen ishtirokida yangi turk filmi ishlandi

E’lon qilingan sana· 375
Pelin Karaxan va Faxriye Evjen ishtirokida yangi turk filmi ishlandi

Turkiyada Mert Turan, Ada Erma, Pelin Karaxan va Faxriye Evjen ishtirok etgan “Tete va Masal: orzular mamlakati” (“Tete ve Masal: Rüyalar Diyarı”) filmi premyera qilindi.

Kinokartina fentezi va musiqiy janrda boʻlib, tomoshabinlarni koʻplab qoʻshiqlar kuylanadigan, sehr va afsonaviy sarguzashtlarga to‘la noodatiy sayohat kutmoqda. Filmda buvisini yo‘qotishni istamay, fantaziyalar olamiga yoʻl olgan yosh qiz haqida hikoya qilinadi.

Har xil obrazlar bilan to‘ldirilgan ertaklar olamiga boʻlgan sayohati davomida qahramon qiyinchiliklarni yengib oʻtishi va ichki kuchni topishi kerak. Ma’lumot uchun, filmdagi ba’zi kadrlar “Muhtasham yuz yil” serialini eslatib yuboradi, ammo voqealar parallel olamda sodir boʻladi.

Serialda Mehrimoh Sulton rolini oʻynagan Pelin Karaxan “Tete va Masal: orzular mamlakati"da ham malika rolida koʻrinish beradi. Shuningdek, Burak Ozchivitning rafiqasi Faxriye Evjen filmda amazonkalar qirolichasi rolini oʻynaydi. Intervyularda aktrisa ushbu loyihada asosan farzandlari uchun ishtirok etganini, chunki o‘zi ham bolaligida ertaklarni yaxshi koʻrganini aytib oʻtgan.

Kinokartina 24-yanvar kuni Turkiyada premyera qilingan.