Syujeti miyani portlatib yuboradigan 9 ta film (+bonus)

E’lon qilingan sana· 2 702
Syujeti miyani portlatib yuboradigan 9 ta film (+bonus)

Ba’zi filmlar oʻzining gʻoyalari bilan chuqurga oʻyga soladi. Ularni odatda “miyani portlatib yuboradigan kinolar” deb ham atashadi. Bunga asosan sirlarni oxirigacha saqlaydigan syujet yoki dahshatli finallar sabab boʻladi.

Afisha.uz dam olish kunlarida tomosha qilish uchun mana shunday 9 ta filmni bir yerga jamladi.


Roʻyxatni 1974-yilda premyera qilingan va unchalik ham mashhur boʻlmagan film bilan boshlashga qaror qildik. “The Phantom of Liberty” tushunarsiz sahnalar ketma-ketligi koʻp bora oʻsha mashhur memni eslab, “hech narsani tushunmadim, lekin juda ham qiziqarli” deyishga majbur qiladi.

Bir qarashda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan syurrealistik epizodlar seriyasi. Burjua juftligi Parijdagi yodgorliklar fotosuratlarini ko‘zdan kechirib, ularni behayo deb hisoblaydi. Kechki ovqat vaqtida shamlar yorug‘ida mehmonlar stul o‘rniga unitazlarda o‘tiradi. Bunday sahnalar birlashib, aniq kartinani ifodalaydi.

Filmni tomosha qilish.


The Machinist

Kristian Beylga katta mashhurlik keltirgan va koʻplab memlar qahramoniga aylanishiga sabab boʻlgan “Mashinist” filmi uchun aktyor oʻz tanasida juda katta transformatsiya oʻtkazib, toʻrt oy davomida 30 kilogramga yaqin vazn yoʻqotadi. Kinoning oʻzi psixologik triller janrida boʻlib, klassik filmlar qatoriga kirgan.

Filmning bosh qahramoni — dastgohchi Trevor Reznik. U uzoq vaqt davomida insomnia (uyqusizlik) kasali bilan ogʻriydi va hayolot hamda haqiqat chegarasida qoladi, shu sababdan u dahshatli voqealar labirintiga tushib qoladi.

Filmni tomosha qilish.


Memento

Bu mavzudagi jamlanmaga Kristofer Nolanning ilk filmlaridan birini qoʻshmaslik adolatdan boʻlmasdi. 2024-yilgi Oskar mukofoti gʻolibi boʻlgan rejissyor 2000-yilda koʻpchilikni hayratda qoldirgan “Memento” filmini ishlaydi.

Leonard Shelbi qimmat kiyimlarda, yangi “Yaguar” mashinasida yuradi, lekin arzon motellarda tunab qoladi. U bor kuchi bilan xotinining qotilini topishga urinmoqda. U amneziya kasalligining kamdan-kam uchraydigan shakli bilan kasallangan boʻlib, 15 daqiqa ichida xotirasini yoʻqotadi. Qotillikkacha bo‘lgan hamma narsani eslaydi, biroq 15 daqiqa oldin nima bo‘lganini eslay olmaydi.

Filmni tomosha qilish.


Fight Club

Hali-haligacha sevib tomosha qilinadigan va har xil reytinglarda kuchli filmlar qatoridan tushmaydigan “Fight Club” filmi Chak Palanikning shu nomli asari asosida suratga olingan. Ma’lumot uchun, kitob tez orada oʻzbek tilida nashr etiladi.

Surunkali uyqusizlikdan azob chekayotgan va mashaqqatli zerikarli hayotdan qutulishga jon-jahdi bilan urinayotgan soxta falsafaga ega bo‘lgan sovun sotuvchisi Tayler Dyorden degan kishini uchratadi. Taylerning fikricha, o‘z-oʻzini takomillashtirish — zaiflarning qismati, yashashga undaydigan narsa esa boshqa.

Filmni tomosha qilish.


10 Cloverfield Lane

Qoʻrqinchli filmlari bilan mashhur boʻlgan rejissyor Den Traxtenberg 2016-yilda miyani portlatib yuborishi mumkin boʻlgan film ishlaydi. Uni post-apokalipsis janriga ham taalluqli deyish mumkin.

Avtomobil halokatidan keyin qiz notanish yertoʻlada uyg‘onadi. Yertoʻlaning egasi bunker tashqarisida dunyoni yashash uchun yaroqsiz holga keltirgan kimyoviy hujum boʻlganiga va u qizning hayotini saqlab qolganiga ishontirishga harakat qiladi.

Filmni tomosha qilish.


The Translators

Qaysidir ma’noda mafiya oʻyinini eslatib yuboradigan filmlar koʻp ishlashgan. Ularning orasida alohida e’tibor qaratishga arziydigan film “The Translators” hisoblanadi. Syujetning qiziqligi va aktyor ijrosi kinokartinani yuqori darajaga chiqara olgan deyish mumkin.

Turli mamlakatlardan kelgan to‘qqiz nafar tarjimon tashqi dunyodan uzilgan holda maxfiy bunkerda shov-shuvli bestsellerning so‘nggi qismi ustida ishlamoqda. Kutilgan yangilikning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ular izolyatsiya qilindi, ammo tez orada kimdir nashriyot rahbaridan ko‘p millionli tovon puli talab qiladi va roman boblarini internetga joylashtirishni boshlaydi.

Filmni tomosha qilish.


Everything Everywhere All at Once

2022-yilda ishlangan va furor koʻtargan hamda 2023-yilgi Oskar mukofotini topshirish marosimida koʻplab haykalchalarni oʻziniki qilib olgan filmga nisbatan har xil fikrlar bildiriladi. Ba’zilar uni yangi metamodernizmning ilk namunasi deya atasa, ba’zilar shunchaki shizofreniyaning kinematografiyadagi koʻrinishi deb biladi. Siz bu ikki barrikadaning qaysi tomonida boʻlishni tanlash uchun kinokartinani koʻrish kifoya.

Film syujetiga ko‘ra, AQShdagi migrantlar oilasida kelib chiqishi xitoylik boʻlgan (Mishel Yeo tomonidan) ona ko‘plab olamlarni qutqarish uchun parallel dunyolardagi o‘z versiyalari bilan bog‘lanishga harakat qiladi.

Filmni tomosha qilish.


Tenet

Kristofer Nolanning jamlanmadan oʻrin olgan ikkinchi filmi “Tenet” boʻlib, premyera qilingan vaqtda katta shov-shuvlarga sabab boʻlgan. Original uslubda suratga olingan kinokartina miyani portlatib yuborishdan oldin ancha qiynab qoʻyishi aniq.

Kiyev opera teatridagi teraktdan keyin FQB agenti qurol savdosi bilan boylik orttirgan rus oligarxiga qarshi turish uchun Britaniya razvedkasi bilan birlashdi. Buning uchun agentlar kelajak texnologiyasi boʻlgan vaqt inversiyasidan foydalanadilar, bu esa vaqt boʻylab ortga qaytish imkonini beradi.

Filmni tomosha qilish.


Nocturnal Animals

Aktyor Jeyk Jillenhol 2016-yilda “Nocturnal Animals” nomli psixologik trillerda suratga tushadi. Ssenariy muallifi Tom Ford, gʻoya muallifi esa Ostin Rayt hisoblanadi.

Syuzenning Los-Anjelesdagi hashamatli hayoti, eri va o‘z galereyasi bor. Ammo bir kuni u sobiq turmush o‘rtog‘idan kutilmagan xat oladi. U uchrashishni xohlayotgandi, lekin avval Syuzenning yangi romanini o‘qishni so‘raydi.

Filmni tomosha qilish.


Bonus: “Black Mirror” seriali

Antalogik janr haqida soʻz ketganda birinchilardan boʻlib “Black Mirror” seriali xayolga keladi. Britaniyalik ijodkorlar tomonidan ishlangan serial kelajak haqida boʻlib, har bir qismda alohida har xil voqealar haqida hikoya qiladi.

Serialni tomosha qilish.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov