Di Kaprio va Martin Skorseze "Oq shahardagi iblis" filmida yana birga ishlaydi

E’lon qilingan sana· 873
Di Kaprio va Martin Skorseze "Oq shahardagi iblis" filmida yana birga ishlaydi

“Oq shahardagi iblis” (“The Devil in the White City”) filmi rejissyor Martin Skorseze tomonidan suratga olinadigan boʻldi. Shuningdek, filmda aktyor Leonardo di Kaprio ham rol oʻynaydi.

Film AQSH tarixidagi ilk manyaklardan biri, doktor Genri Xolms haqida hikoya qiladi. 1893-yilda u Chikagoda mehmonxona quradi va u yerda qurbonlarning jasadlarini oʻsha yerda yashiradi. Kinokartina Erik Larsonning xuddi shu nomdagi asari asosida suratga olinadi.

Qayd etilishicha, kino 20th Century Studios kompaniyasi tomonidan suratga olinmoqda. Insayderlarning so‘zlariga ko‘ra, loyiha hali tayyor ssenariyga ega emas. Ma’lumot uchun, 2010-yildan Paramount studiyasi filmni suratga olishga harakat qilib kelgan, biroq urinishlarning barchasi omadsiz chiqqan. 2022-yilda Hulu striming platformasi Kianu Rivz ishtirokida mini-serial ishlashni rejalashtirgandi.

Di Kaprio bu yil Pol Tomas Andersonning “Baktan-Kross uchun jang” yangi loyihasida ishtirok etadi. Skorsezening so‘nggi filmi esa 2023-yilda chiqarilgan “Gulli oy qotillari” filmi boʻlgan va unda bosh rolni Di Kaprio ijro etgan.