Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (23-24 yanvar)

E’lon qilingan sana· 715
Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (23-24 yanvar)

Oʻzbekiston kinoteatrlarida 23−24 yanvar kunlari “BAEKHYUN: Lonsdaleite” filmi, “Холоп. Великолепный век” komediyasi va boshqa yangi kinokartinalar premyerasi boshlandi.


“BAEKHYUN: Lonsdaleite”

Baekhyun K-POP yoʻnalishida oʻzining tarixini yaratmoqda. Uning ilk yakkaxon konserti “Lonsdaleite” katta ekranlarga chiqdi. Baekhyunning “Bambi,” “Candy” va “UN Village” kabi xit qo‘shiqlariga chiqishlari hamda o‘sha oqshomni eslatuvchi jo‘shqin xoreografiya — barchasi konsertning ajoyib qismlariga aylangan.

Bundan tashqari, faqatgina filmda ko‘rish mumkin bo‘lgan maxsus intervyular va sahna ortidagi videolar ham taqdim etiladi.

Chiptalarni sotib olish.


“Холоп. Великолепный век”

Mete — hayoti cheksiz ziyofatlar, otasining pullarini isrof qilish va mutlaqo mas’uliyatsiz xatti-harakatlardan iborat bo‘lgan Istanbulning erkatoy bolasi. Navbatdagi xatti-harakatdan so‘ng, otasining sabr-toqati tugaydi va u bemorlarga ta’sir qilishning shok usullarini amalga oshiradigan psixologga murojaat qiladi. Mete XIX asrdagi rus qishlog‘i o‘rniga XVI asridagi Usmoniylar imperiyasiga tushib qoladi va Sulton Sulaymon davridagi amaldorning qal’asidagi otboqarga aylanadi.

Chiptalarni sotib olish.


“Никому не известный”

1965-yil. Nyu-Portdagi musiqa festivalida yosh Bob Dilanning chiqishi katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Chiptalarni sotib olish.


“Ночь в зоопарке”

Bu tun hayvonot bogʻida uyqu yoʻq. Oq quyon qulagan meteoritning bir bo‘lagini yutib yuborib, yirtqichga aylandi. Endi u hayvonot bog‘ini egallashni rejalashtirmoqda va oddiy hayvonlardan dahshatli gibridlar — gorilo-baliq, zebra-kiyik va fil-ilonlarni yaratmoqda. Uni hech kim to‘xtata olmaydiganga o‘xshaydi. Lekin kuni kecha hayvonot bog‘iga yovvoyi tog‘ arsloni olib kelindi. Cho‘chqa-sherga aylanib qolmaslik uchun u ham o‘zining kichik guruhini tuzishi kerak.

Chiptalarni sotib olish.


“Присутствие”

Rebekka, Kris va ularning farzandlari Tayler va Xloya qiyinchiliklarni yengib oʻtadigan oila. Yangi uyga ko‘chib o‘tgandan ko‘p o‘tmay, ularning barchasi boshqa dunyo mavjudligini his qila boshlaydi.

Chiptalarni sotib olish.


“Olov”

Shahar chetidagi qishloqda yaqinda to‘ng‘ich farzandini yo‘qotgan yosh oilaga tegishli uy yonmoqda. Qo‘shnilarning aytishicha, uyga la’nat tamg‘asi bosilgan, bu yong‘in qanday sodir bo‘lganini hech kim tushunmaydi, nima uchundir yuz bergan voqeani koʻrganlarning taxminlari butunlay boshqa-boshqa. Ammo ularning barchasini bir narsa — uy va uning egalari bilan bog‘liq tasavvur birlashtiradi.

Chiptalarni sotib olish.