2025-yilning eng kutilayotgan 65 filmi

E’lon qilingan sana· 689
2025-yilning eng kutilayotgan 65 filmi

2025-yil kirib keldi va bizni oldinda koʻplab filmlar kutmoqda. Ushbu yildagi premyeralar taqvimini sinchkovlik bilan oʻrganib chiqqandan soʻng, koʻplab ajoyib yoki hech boʻlmaganda juda qiziqarli loyihalar borligi ma’lum boʻldi. Ularning premyera sanalari oʻzgarishi mumkin. Agar qaysidir filmni qoʻshishni unutgan boʻlsak, uni albatta, izohlarda yozib qoldiring.

Ortiqcha soʻzlarni shu yerda yakunlaymiz va sizga 2025-yilning eng kutilgan 65 ta filmini taqdim etamiz.

“Приключения Паддингтона 3”

Paddington in Peru
Janr: komediya, detektiv, sarguzasht, oilaviy.
Premyera: 16-yanvar.

Koʻplab maqtovlarga sabab boʻlayotgan sikvel film bizga bir oz kechikish bilan yetib keldi. Film ustida Pol King emas, balki klipmeyker Dugal Uilson ishlagan. Film asosan ijobiy baholarga sazovor boʻlmoqda, shuningdek, kinokartinada makon oʻzgarishi va masshtabning kattalashganiga qaramay, avvalgi qismlarning jozibasi va ajoyibligini saqlab qolgan. Uchinchi qism tomoshabinlarga Paddingtonning vatani Peruga qaytishi haqidagi hayajonli va ta’sirli sayohatni taklif qiladi.


“Человек-волк”

Wolf Man
Janr: qoʻrqinchli.
Premyera: 16-yanvar.

Loyiha “Monsters Universal” olamiga kiruvchi afsonaviy “Человек-волк"ning zamonaviy versiyasidir. Ssenariy mualliflaridan biri va rejissyor Li Uonnell bo‘lib, u “Астрал 3”, “Апгрейд” va “Человек-невидимка” filmlarini suratga olgan. Maqtashga arziydigan eng yaxshi holat bu filmga Jeyson Blum (Blumhouse) va Rayan Gosling prodyuserlik qilganidir.


Присутствие

Presence
Janr: qoʻrqinchli.
Premyera: 19-yanvar.

Stiven Soderberg ismli ko‘p qirrali amerikalik mualliflardan biri qoʻrqinchli filmlar janrini yangilashga qaror qiladi, uning filmida asosiy e’tibor arvohlar uyiga qaratilgan. “Присутствие” o‘z orzusidagi uyga ko‘chib o‘tayotgan oila haqida hikoya qiladi, ammo vaqt o‘tishi bilan ular bu joyda yashovchi yagona odamlar emasligidan shubhalana boshlaydi. Filmning ajoyib jihati shundaki, Soderberg tomoshabinlarga voqeani arvoh nuqtai nazaridan hikoya qiladi.


“Капитан Америка: Новый мир”

Captain America: Brave New World
Janr: fantastika, jangari.
Jahon premyerasi: 12-fevral.

Marvel kinokompaniyasining 2025-yildagi ilk premyerasida, Kapitan Amerika qalqonini oʻziga olgan Sem Uilson (Entoni Makki) haqida boʻladi. Bu hikoyalarning oxiriga yetish qiyin chunki personajlar qatnasgan komikslar anchagina. Umuman olganda, bizning yangi Kapitan Amerikamiz endi prezident Taddeus Ross / Qizil Xalk (Harrison Ford) uchun tuzilgan suiqasd rejasi ortida kim turganini aniqlashi kerak. Va bularning barchasini B toifadagi filmlar rejissyori Julius Ona suratga olgan.


“Ущелье” (Apple TV+)

The Gorge
Janr: fantastika, jangari, melodrama, sarguzasht.
Jahon premyerasi: 14-fevral .

AQShning eng yaxshi mergani (Maylz Teller) o‘ziga xos topshiriq oladi: “Dara” deb ataladigan joyni qo‘riqlash. Bu ulkan tuynukning narigi tomonida Sharqiy Yevropadan kelgan yana bir tajribali mergan (Anya Teylor-Joy) ham bor. Oxir-oqibat, ular o‘rtasida masofaviy munosabatlar paydo bo‘ladi. Ular esa “do‘zax darvozasi"ni qo‘riqlashi kerak? Konsepsiyasi qiziq, tarkibi ajoyib, filmni Skott Derrikson (“Doktor Strenj”, “Sinister”) suratga olgan.


“Обезьяна”

The Monkey
Janr: qoʻrqinchli.
Jahon premyerasi: 19-fevral.

Rejissyor Osgud Perkins NEON studiyasi bilan birgalikda bizga o‘tgan yilning eng yaxshi, shu bilan birga ajoyib reklama qilingan xorrorlaridan biri — “Собиратель душ"ni sovg‘a qilgandi. Ularning muvaffaqiyatli hamkorligi davom etmoqda, chunki endi Stiven Kingning vayronagarchilikka sabab boʻlgan oʻyinchoq maymun haqidagi hikoyasini filmga aylantirish uchun eski formulani qoʻllashmoqda. Bu Teo Jeyms, Tatyana Maslani, Elayja Vud, Sara Levi va boshqa aktyorlar uchun yomon yangilik, chunki ular gʻayritabiiy va qoʻrqinchli oʻyinchoqqa juda ham yaqinlashadi.


“Микки 17”

Mickey 17
Janr: fantastika, komediya, sarguzasht.
Jahon premyerasi: 28-fevral.

Ma’lum bo‘lishicha, boqiy hayotning asosiy muammosi bu mutlaqo zerikish emas, balki o‘z-o‘zi bilan raqobatlashish zaruriyatadir. Kutib oling: “Микки 17” — bu Edgar Eshtonning xuddi shu nomdagi romani boʻlib, tabaqalanishni san’at darajasiga aylantirgan rejissyor Pon Jun Xo tomonidan suratga olingan. Bosh rolda yangi sayyoradagi xavfli missiyalar uchun yaratilgan “dublikat” rolini o‘ynaydigan Robert Pattinson. Vafot etish — muammo emas, seni nusxang bilan almashtirishadi. Ammo agar nusxa o‘zining mavjud bo‘lish huquqiga ega deb hisoblay boshlasa-chi? Ana shunda ilmiy falsafa, ijtimoiy satira, drama va o‘zingning eng yomon qo‘shning bo‘lish haqidagi g‘alati aralashma boshlanadi.


“Gunohkorlar”

Sinners
Janr: qoʻrqinchli, triller, drama.
Jahon premyerasi: 6-mart.

Rayan Kugler yana ishga qaytdi va bu safar u Maykl B. Jordan o‘ynagan egizaklar haqidagi hikoya bilan nafaqat blokbasterlarga, balki insoniy qarashlarga ham qarshi chiqadi. Egizaklarning ikkalasi ham taxminan 1930-yillarda o‘zlarining kichik shaharchasida sodir bo‘lgan dahshatli voqeaga duch keladi. Bittasining narxida ikkita Jordan — tomosha qilishga undaydi. Shuningdek, Kugler faqatgina harakatlarga urg‘u beribgina qolmay, o‘z gunohlarimiz haqida ham o‘ylab ko‘rishni taklif etadi.


“Черная сумка”

Black Bag
Janr: triller, drama.
Jahon premyerasi: 13-mart.

Stiven Soderberg bizni shunchaki qoʻyib yuborishni istamayapti. Bu safar u bizga triller taqdim etmoqda, unda Maykl Fassbender va Keyt Blanshett razvedkachi juftlik rolini oʻynaydi. Ular shaxsiy hayot va professionallikni bir-biridan alohida saqlashga harakat qiladi, lekin Fassbenderga ma’lumotlar sizib chiqishini tuzatish vazifasi qoʻyilganda, professionallik imkoniyatlari kamayadi. Asosiy gumonlanuvchi kimligini taxmin qila olasizmi? Ha, bu mister va missis Smitga oʻxshash film, lekin Soderberg bizni qanday ajablantirish yoʻlini topadi.


“Мудрые парни”

Alto Knights
Janr: drama, jinoiy, biografiya, tarix.
Jahon premyerasi: 14-mart.

Agar siz De Niro ishtirokida jinoyatchilik haqidagi filmlarni sogʻingan bo‘lsangiz, “Человек дождя” filmi bilan tanilgan rejissyor Barri Levinson dramasi aynan siz uchun. Ssenariyni “Славные парни” muallifi Nikolas Pileji yozgan. Film XX asr o‘rtalarida ikkita nufuzli italyan-amerika mafiyasi bo‘lgan Vito Genoveze va Frank Kostello o‘rtasidagi raqobat haqida hikoya qiladi. Anglaganingizdek, bosh rolni Robert De Niro o‘ynaydi, lekin ajoyib tomoni shundaki, u bir vaqtning o‘zida ikkita mafiyaning boshliqlari rolini o‘ynaydi.


“Электрический штат” (Netflix)

The Electric State
Janr: fantastika, jangari, drama, komediya, sarguzasht.
Jahon premyerasi: 14-mart.

Aka-uka Russolar yangi loyiha boshlaganda katta masshtabli film kutiladi, albatta, “Цитадель” va “Серый человек"dan tashqari… Umuman olganda, yangi loyihada robotlar qo‘zg‘oloni bostiriladigan va barcha mexanik qo‘zg‘olonchilar “Elektr shtati” deb nomlanuvchi qat’iy rejim zonasida yashashga majbur bo‘ladigan kelajak haqida hikoya qilinadi. Bosh qahramon — Milli Bobbi Braun ijrosidagi yetim, u yo‘qolgan ukasini topish uchun robot hamroh va harbiy (Kris Pratt) bilan birga sayohatga otlanadi. Ammo bu hikoyada robotlar shunchaki metall doʻstlar emas, balki insoniyat unutishni afzal ko‘rgan sirlarning qo‘riqchilari ekanligini ko‘rsatadi.


“Белоснежка”

Snow White
Janr: musiqiy, fentezi, melodrama, sarguzasht, oilaviy.
Jahon premyerasi: 19-mart.

Reychel Zegler Oppogʻoy rolini oʻynaydi, uning goʻzalligiga hasad qiladigan yovuz qirolicha rolini esa Gal Gadot ijro etadi… Malikaga boshpana beradigan yetti jentlmenga kelsak, Disney “haqoratli stereotiplar” haqidagi dastlabki shikoyatlarni eshitdi va ularni qayta ko‘rib chiqdi. Agar ular hech bo‘lmaganda xarakter jihatdan avvalgilariga oʻxshash bo‘lib chiqsa, buning uchun ham rahmat aytish mumkin. Rejissyor Mark Uebb (“500 дней лета”) o‘z karyerasini xavf ostiga qo‘yishga rozi bo‘ldi. Unga faqat omad tilaymiz.


“Смерть единорога”

Death of a Unicorn
Janr: komediya, fantastika.
Jahon premyerasi: aprel oyida.

“Смерть единорога” nomini eshitganingizda, beixtiyor dahshatli fojiani yoki biror artxausni kutasiz. Ha, albatta, lekin bu A24 studiyasi, biz ularni shuning uchun ham yaxshi ko‘ramiz. Syujet yoʻlda jonzotni urib yuborgan ota (Pol Radd) va uning qizi (Jenna Ortega) haqida hikoya qiladi. Ular qurbonni badavlat farmasevtika kompaniyasi direktorining shahar tashqarisidagi uyiga olib kelishganda, hamma uning yakkashox ekanligini biladi. Hamma bu afsonaviy mavjudotlardan zavqlanadi, toki bu jonzot hali oʻlmagan va do‘stona munosabatda ham emasligi aniqlanmaguncha. Syujet ekologiya, ochko‘zlik va insoniyat bunga qarshi qanday kurashishi (yoki kurasha olmasligi) haqida o‘tkir mavzularni ko‘tarishni va’da qiladi.


“Minecraft в кино”

A Minecraft Movie
Janr: fentezi, jangari, komediya, sarguzasht, oilaviy.
Jahon premyerasi: 2-aprel.

Hamma narsa, shu jumladan, Tetris voqeasi ham kino qilingandek tuyulsa, sahnaga chiqadi Minecraft oʻyini chiqib keladi. Ha, oʻsha kublar orqali uylar quradigan va ba’zida tasodifiy kriper tufayli portlab ketadigan o‘yin haqida gap ketmoqda. Mana endi bu piksel dunyosi filmga aylanmoqda, rejissyor esa Jared Xess — juda g‘alati yumor tuyg‘usiga ega odam. Syujetga ko‘ra, to‘rt nafar autsayder sirli portal orqali g‘alati mo‘jizalar mamlakatiga kirishadi. Uyga qaytish uchun ular Stiv ismli usta bilan birga sehrli kvestdan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Jek Blek Stiv rolini o‘ynaydi, autsayderlardan biri esa Jeyson Momoa… Hamma ham shunday “omadsiz” bo‘lishni istaydi.


“Громовержцы”

Thunderbolts*
Janr: ilmiy fantastika, fentezi, jangari, drama, jinoiy, sarguzasht.
Jahon premyerasi: 30-aprel.

Agar Qasoskorlar jamoasida ijobiy qahramonlar yigʻilgan bo‘lsa, “Громовержцы"da bizni “O‘z joniga qasd qiluvchilar otryadi"ga yaqinroq nimadir yoki “biz qo‘limizdan kelganini qildik va bu bizni qoniqtiradi” jumlasi kutmoqda. Marvel qahramonlar va yovuzlar o‘rtasidagi kulrang zonani o‘rganishda davom etmoqda. Bizga tundlik, sarkazm va xaos aralashmasini va’da qilmoqda. Jamoada bizga tanish bo‘lgan personajlar bor, ularning har biri o‘ziga xos muammolarga ega. Kinoda Yelena Belova (Florens Pyu), Qizil qo‘riqchi (Devid Xarbor) va Baki Barnslarni (Sebastian Sten) koʻrish mumkin. Ularga yana Arvoh, AQSh agenti va Taskmaster ham qo‘shiladi.


“Лило и Стич”

Lilo & Stitch
Janr: ilmiy fantastika, fentezi, jangari, drama, komediya, sarguzasht, oilaviy.
Jahon premyerasi: 21-may.

Disney’ning navbatdagi remeyki haqiqatan ham kutilmoqda. Yerga qochib ketgan 626-tajriba yana “xunuk it” qiyofasiga kirmoqchi, ammo bu safar “layf-ekshn” versiyasida. Bizga ajoyib “Марсель, ракушка в ботинках” filmini sovg‘a qilgan rejissyor Din Fleysher-Kemp qanday qilib xayolan 2002-yilga qaytish va bu orqali hayratda qoldirishni eplay oladi. Shu bilan birga filmda har xil eksperimentlar qilingan. Shuningdek, ssenariy madaniylik va o‘z taqdirini o‘zi belgilash mavzulari haqida chuqurroq oʻylashga undaydi, bu esa filmning mohiyatini kuchaytiradi.


“Миссия невыполнима: Финальная расплата”

Mission: Impossible — The Final Reckoning
Janr: jangari, triller, sarguzasht.
Jahon premyerasi: 21-may.

Boʻldi, bemalol nafas olish mumkin, bu shunchaki navbatdagi qism emas, balki barcha voqealarni nihoyat yakunlaydigan qism. Shunday qilib, biz Itan Xantni oxirgi marta ko‘rganimizda, u shiddatli sun’iy intellektni tartibga solishga yordam berishi kerak bo‘lgan ikkita kalitning biri bilan paraplanda uchgandi. Umuman olganda, Gollivudning asosiy adrenalin ishqibozi muxlislar uchun o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yishda davom etadi. Ushbu “serial"ning doimiy ishtirokchilari (va ajoyib Xeyli Etvell) hech qayerga ketmagan va to‘liq tarkibda filmga qaytadi.


Каратэ-пацан: Легенды

Karate Kid: Legends
Janr: jangari, drama, oilaviy, sport.
Jahon premyerasi: 28-may.

Voqea: 1984-yilda chiqarilgan va bosh rolni Ralf Machchio oʻynagan “Парень-каратист” original film edi. Keyin esa uning toʻrtta sikveli yaratildi, shuningdek, Netflix’da “Kobra Kay” seriali ham ishlandi. 2010-yilda ham remeyk yaratilgan, unda Jeyden Smit va Jeki Chan rol o‘ynagan. Korporatsiyalararo janjallar tufayli endi biz nafaqat jangchilarning yangi avlodiga e’tibor qaratadigan, balki Machchio va Channi ekranlarga qaytaradigan film qanday yaratilishining guvohi boʻlamiz.


“Балерина”

Ballerina
Janr: jangari, triller.
Jahon premyerasi: 4-iyun.

Ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatsizliklar, omadsiz sinov namoyishi, premyeraning koʻchirilishi va qayta suratga olishlarga qaramay, “Jon Uik” spin-offi prokatgacha yetib keldi. Umid qilamizki, loyiha drayv va ajoyib ekshenga boy bo‘ladi. Syujet liniyasi oilasini o‘ldirgani uchun qasos olishga intilayotgan Runi (Ana de Armas) ismli qotil raqqosa haqida hikoya qiladi. Voqealar Uik haqidagi uchinchi va to‘rtinchi filmlar o‘rtasida sodir bo‘ladi, bu esa Kianu Rivzning kameosi muqarrarligini anglatadi.


“Элио”

Elio
Janr: multfilm, fantastika, fentezi, drama, komediya, sarguzasht, oilaviy.
Jahon premyerasi: 12-iyun.

Pixar’ning yangi multfilmi galaktikaning uzoq kengliklarida ongli hayot shakllari mavjudligiga ishongan 11 yoshli Elliot ismli bola haqida hikoya qiladi. Bola haq bo‘lib chiqadi. Rejissyorlik kreslosida uchta ijodkor, jumladan, “Men qizilman” va “Koko siri” multfilmlari ustida ishlagan Adrian Molina, Madlen Sharafyan va Domi Shi oʻrin olgan. Umuman olganda, umid bagʻishlaydi.


“Как приручить дракона”

How to Train Your Dragon
Janr: fentezi, sarguzasht, oilaviy.
Jahon premyerasi: 11-iyun.

“Как приручить дракона” filmi “layf-ekshen” formatida qaytishini bilganimda, xayolimga kelgan birinchi fikr: Tishsiz personaji steroidlardagi qurtga oʻxshab qolmasmikan, boʻldi. Ammo treylerni ko‘rgach, hammasi joyiga tushdi. Chunki original trilogiya ustida ishlagan Din DeBlua bu film “Sonik” kabi kabi memga aylanishiga yo‘l qo‘ymadi. Nimalar va’da qilinmoqda? “Vau” darajasidagi vizual, yana bir bor yigʻlatishi mumkin boʻlgan saundtrek va quchoqlashni istaydigan ajdarlar.


“28 лет спустя”

28 Years Later
Janr: qoʻrqinchli, jangari.
Jahon premyerasi: 18-iyun.

Nihoyat, Denni Boyl rejissyorlik kursiga qaytdi va bizga “zombi-apokalipsis” janri hali ham tirik ekanini va odamlar barcha narsani rasvo qilishga qodir ekanini eslatishga qaror qildi. Voqealar quturish virusi tarqalgandan deyarli o‘ttiz yil o‘tgach sodir bo‘ladi. Zombilar hech qayerga yoʻqolmadi, demak, ikkinchi qismdagi qonida virusga qarshi dori bo‘lgan bolakayni qutqarish missiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Bosh rollarni Aaron Teylor-Jonson, Reyf Fayns va Jodi Komer ijro etgan. Birinchi qismdagi bosh qahramoni rolini o‘ynagan Killian Myorfi olovga sakrashini aytdi, ammo film prodyuseri bu ma’lumotni rad etdi. Ishonchingiz komil bo‘lsinki, film yaxshi chiqadi.


“Формула 1”

F1
Janr: drama, sport.
Jahon premyerasi: 25-iyun.

Yo‘q, bu poyga simulyatorining navbatdagi qismi emas, balki dvigatellarning o‘kirishi sizning barcha fikrlaringizni bo‘g‘ib qo‘yadigan va tezlik, ambitsiyalar hamda katta xavf-xatarlar haqidagi dramaga aylanadigan kino. Bred Pitt avtohalokatdan keyin trassani tark etgan sobiq poygachi rolini o‘ynaydi. Biroq sahnada yangi vunderkind (Damson Idris) paydo bo‘ladi va uni bo‘lajak Lyuis Hemiltonga murabbiylik qilish uchun ligaga qaytishga ko‘ndiradi. Film haqiqiy Formula-1 poygasi paytida suratga olingan bo‘lib, ajoyib manzaralar, aql bovar qilmaydigan dinamika va studiyada yaratib bo‘lmaydigan sahnalarni kafolatlaydi. Poygani “Top Gan: Maverik” va “Jasurlar ishi” filmlari bilan tanilgan Jozef Kosinski boshqaradi.


“Мир Юрского периода: Перерождение”

Jurassic World: Rebirth
Janr: fantastika, jangari, triller, sarguzasht.
Jahon premyerasi: 2-iyul.

“Yura davri” yo‘qolib ketdi deb oʻylaganmidingiz? Unday boʻlmasa-chi! Ammo bu, albatta, oxirgisi, boshqa variant yo‘q, film yo yaxshi chiqadi yoki qadimiy kaltakesaklarni qayta uyg‘otish yaxshi fikrmidi, deya o‘ylashga majbur qiladi. Skarlett Yoxansson katta oʻzgarishdan keyin qolgan bir nechta dinozavrlarni topish va ulardan ba’zi genetik ma’lumotlarni olish uchun operatsiyaga rahbarlik qiladi. Bularning barchasi ilm-fan va inqilobiy tibbiyot preparatini yaratish uchun. Maxershala Ali, Rupert Frend va Jonatan Beyli unga yordam beradi. Film rejissyori “Godzilla” (2014) va “Изгой-один” filmlari bilan tanilgan Garet Edvardsdir.


“Супермен”

Superman
Janr: fantastika, jangari.
Jahon premyerasi: 10-iyul.

Supermen bizga ideal qahramonlar hali yo‘q bo‘lib ketmaganini eslatish uchun yana qaytmoqda. Jeyms Gann boshchiligidagi yangi film, uning an’anaviy qadriyatlarini — haqiqat, adolat va shunga o‘xshash narsalarni saqlab qolgan holda, mashhur qahramonga yangicha nigoh boʻlishini va’da qiladi. Devid Korensuet qizil plash kiyadi, Reychel Brosnaxan Luis Leyn rolini, Nikolas Xolt Leks Lyutor rolini o‘ynaydu. Ammo baribir Betmen undan yaxshiroq.


“Фантастическая четверка: Первые шаги”

The Fantastic Four: First Steps
Janr: fantastika, jangari, sarguzasht.
Jahon premyerasi: 23-iyul.

Marvel Studios avvalgi relsiga qaytganga o‘xshaydi va yiliga uchta yirik loyihani chiqarmoqda. Fox qahramonlari MKOga oʻtmoqda va “Dedpul va Rosomaxa” bu muvaffaqiyatli ish ekanini isbotladi. Shu sababdan muhabbatga boy film ishlanishiga umid qilish mumkin. Pedro Paskal — Rid Richards, dunyodagi eng atoqli olim. Vanessa Kirbi — super kuchga ega bo‘lgan Syu Storm. Jozef Kuinn — olov-odam Jonni Storm rolini o‘ynaydi. Moss Bahrax esa Ben Grimm bo‘lib, terisi toshga aylanadi. Voqea 1960-yillarning boshlarida, Sten Li va Jek Kirbi birinchi marta toʻrtlikni dunyoga taqdim etgan va komikslarni butunlay o‘zgartirgan davrda sodir bo‘ladi.


“Плохие парни 2”

The Bad Guys 2
Janr: multfilm, komediya, jinoiy, detektiv, sarguzasht, oilaviy.
Jahon premyerasi: 30-iyul.

Agar siz birinchi filmdagi yovuz qahramonlar jamoasi yetarlicha xaos yarata oldi deb o‘ylasangiz, tayyorlaning — bu safar hammasi yanada masshtabliroq, kulgiliroq va, albatta, absurdroq boʻladi. Birinchi qism voqealaridan keyin bizning “yaxshi yovuzlarimiz” — mister Bo‘ri, mister Ilon, mister Akula, miss Tarantula va mister Piranya halol hayot kechirishga harakat qiladi. Lekin, ma’lumki, banklarni oʻmarishdek eski odat yoʻqolishi qiyin, ayniqsa, juda katta pulni tasodifan oʻgʻrilash imkoniyati tug‘ilsa. Birinchi filmda sevimliga aylangan barcha narsalarni saqlab qolishga va’da berildi. Jumladan, shiddatli dinamika, o‘tkir dialoglar va tomosha davomida tabassum qilishga majburlaydigan animatsion xarizma.


“Чумовая пятница 2”

Freakier Friday
Janr: fentezi, komediya, oilaviy.
Jahon premyerasi: 6-avgust.

Jeymi Li Kertis va Lindsi Loxan 23 yildan so‘ng yana tanalarini almashadi. Bu janr allaqachon o‘z umrini yashab oʻtganini hisobga olsak, filmni kamdan-kam odam kutgandi. Boshqa tomondan, ikkala aktrisaning sikvel uchun birlashgani asl film muxlislari uchun ajoyib yangilikdir.


“Никто 2”

Nobody 2
Janr: jangari, triller, komediya, jinoiy.
Jahon premyerasi: 14-avgust.

Bob Odenkerk “hech kim” bo‘lish haqiqiy san’at ekanligini isbotlash uchun ikkinchi raundni o‘tkazmoqchi. Biz qarshi emasmiz. Birinchi qism voqealaridan so‘ng Xatch Mensell odatiy hayotga qaytishga harakat qilayotgandek tuyulardi. Yangi dushman Xatchni yana qurol toʻla yerto‘lasini qurol bilan ochishga va “kirma” so‘zini tushunmaydiganlar uchun haqiqiy omon qolish maktabini tashkil etadi. Afsuski, Ilya Nayshuller film ustida ishlamayapti va boshqaruv oʻrtacha filmlar ishlagan rejissyor Timo Tyajantoga oʻtgan.


“Заклятие 4: Последние обряды”

The Conjuring: Last Rites
Janr: qoʻrqinchli, triller, detektiv.
Jahon premyerasi: 4-sentyabr.

Mistika olamidagi eng yirik sharlatanlardan birining tarixi nihoyat nihoyasiga yetmoqda. Bu Vera Farmiga va Patrik Uilson ijro etgan Uorrenlar oilasi haqidagi hikoya. Ularning tarixini o‘rganish yoki hech bo‘lmaganda ularning faoliyatiga bag‘ishlangan roliklarni koʻrish mumkin. Mayli, eng muhimi, hammasi tugamoqda. Rejissyorlik kursisida yana Maykl Chaves boʻlib, u “Заклятия” trikvelini va “Проклятия монахини"ning davomini suratga olgan.


“Невеста”

The Bride
Janr: musiqiy, qoʻrqinchli, fentezi, drama, melodrama.
Jahon premyerasi: 26 sentyabr.

Ushbu kinokartina 1935-yilda yozilgan “Frankenshteyn kelini” asariga asoslangan bu yil chiqadigan ikkita filmdan birinchisi hisoblanadi. Zamonaviy “Kelin"ni Meggi Jillenxol suratga olmoqda. U “Qora ritsar” filmida Reychel rolini oʻynagan va Jeyk Jillenxolning singlisi, shuningdek, u filmdagi asosiy rollardan birini oʻynaydi. Asosiy planda Kristian Beyl va Jessi Bakli.


“Майкл”

Michael
Janr: drama, biografiya, tarix, musiqiy.
Jahon premyerasi: 3-oktyabr.

“Maykl” — pop-musiqa qiroli haqidagi bayopik. Shu o‘rinda asosiy savol tug‘iladi: hayotidan ko‘ra o‘zi kattaroq bo‘lgan shaxs haqida qanday qilib film suratga olish mumkin? Ko‘rinishidan, rejissyor Antuan Fukua (“Тренировочный день”, “Великий уравнитель”) Jeksonni boricha — Sahna qirolidan tortib, hanuzgacha bahslashailayotgan murakkab shaxsligicha ko‘rsatishga qaror qilgan. Bosh rolni Mayklning jiyani Ja’far Jekson oʻynagan. Undagi familiya ham tasodifiy emas: yosh aktyor afsonaga o‘xshabgina qolmay, aytishlaricha, uning musiqiy iste’dodining bir qismini ham meros qilib olgan.


“Трон: Арес”

Tron: Ares
Janr: fantastika, jangari, sarguzasht.
Jahon premyerasi: 8-oktyabr.

Syujet yangi qahramon, mish-mishlarga ko‘ra, real dunyo va raqamli tarmoqni bogʻashga urinayotgan Ares (Jared Leto) atrofida sodir bo‘ladi. Aytishlaricha, rejissyor Yoakim Renning oldingi qismlarga qaraganda koʻproq nuar va axloqiy me’yorlarga e’tibor qaratadi. “Наследие” texnologik olamga oilaviy drama prizmasi orqali qarash bo‘lsa, “Арес” sun’iy intellekt falsafasi, shuningdek, ekzistensial va dolzarb masalalarni koʻtaradi. Sabrsizlik bilan kutish mumkin.


“Черный телефон 2”

The Black Phone 2
Janr: qoʻrqinchli.
Jahon premyerasi: 16-oktyabr.

Syujet hozircha sir saqlanmoqda, ammo e’tibor markazida yangi qurbonlar va bu dunyoni yanada koʻproq dahshatga solmoqchi boʻlgan mistik qora telefon bo‘ladi. Avvalgi film bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa bo‘ladimi? Hozircha aniq emas, lekin biz Etan Xoukning Qaroqchi roliga qaytishiga umid qilamiz.


“Хищник: Пустоши”

Predator: Badlands
Janr: qoʻrqinchli, fantastika.
Jahon premyerasi: 5-noyabr.

2018-yilda “Хищник” franshizasining o‘limidan so‘ng, Den Traxtenberg o‘zining muvaffaqiyatli “Добыча” filmi bilan uni qayta tiklaganligi juda yoqimli. Lekin rejissyorga yana ikkita film uchun “yashil chiroq” berilganidan ham xursand boʻlish mumkin! Ularning birinchisi, ya’ni “Пустоши"da bosh rolni El Fanning o‘ynaydi. Syujet haqida hech narsa ma’lum emas, faqat kinokartina voqealari kelajakda sodir bo‘ladi. Ammo “Добыча” kichik hikoya boʻlsa-da “Пустоши” otishmalar, portlashlar va, albatta, juda koʻp qon boʻlgan keng ko‘lamli to‘qnashuvni va’da qilmoqda. Ikkinchi film tafsilotlari sir tutiladi, lekin u “Пустоши"dan oldin premyera qilinishi kerak.


“Бегущий человек”

The Running Man
Janr: fantastika, triller, jangari.
Jahon premyerasi: 7-noyabr.

Ajoyib yumor hissiga ega va eskirayotgan janrlardan ajoyib foydalanish qobiliyatiga ega boʻlgan rejissyor Edgar Raytdan (“Типа крутые легавые”, “Скотт Пилигрим против всех”) yangi film. Aktyorlar tarkibiga Glen Pauell, Josh Brolin, Li Peys va Kolman Domingo kiradi.


“Злая: Навсегда”

Wicked: For Good
Janr: musiqiy, fentezi, melodrama, oilaviy.
Jahon premyerasi: 20-noyabr.

Endi esa O‘z mamlakatida yashovchi mehribon Glinda (Ariana Grande) va yovuz Elfabaning (Sintiya Erivo) ashaddiy dushmanga aylangani haqida hikoya qiluvchi ikki qismli Brodvey musiqiy filmini yakunlashga o‘tamiz. Original film muxlislari hammasi nima bilan tugashini biladi, ammo bu fojiali voqealar bilan hali tanish bo‘lmaganlar uchun ajoyib hikoyadir. Jeff Goldblum, Mishel Yeo, Jonatan Beyli va birinchi qismdagi qolgan ishtirokchilar allaqachon sikvelda ishtirok etishi haqida xabar berilgan.


“Зверополис 2”

Zootopia 2
Janr: multfilm, jangari, komediya, jinoiy, detektiv, sarguzasht, oilaviy.
Jahon premyerasi: 26-noyabr.

Birinchi qism chiqqaniga to‘qqiz yil boʻlganidan hayratdaman. Bu vaqt ichida butun bir avlod voyaga yetdi va eng muhimi, “Зверополис” hali ham tomosha qilinmoqda. Sikveldagi voqealar birinchi qismdan bir necha yil o‘tib boshlanadi. Judi Xops politsiyada ishlashda davom etadi, ammo endi uni yangi muammolar kutmoqda: Hayvonlar shahri yirtqichlarga ham, o‘txo‘rlarga ham ta’sir qiladigan yangi tahdidga duch keldi. Nik Uayld esa, nihoyat, halol biznes qilish yaxshi g‘oya, degan qarorga keldi. Hatto turli xil mavjudotlar ham umumiy til topa olishi haqidagi yangi xitni kutib qolamiz.


“Аватар: Огонь и пепел”

Avatar: Fire and Ash
Janr: ilmiy fantastika, fentezi, jangari, triller, sarguzasht.
Jahon premyerasi: 17-dekabr.

Jeyms Kemeron uchinchi “Avatar"ni ikkinchi qism bilan bir vaqtda suratga oldi va yangi filmning nomi o‘zidan oldingiga qaraganda ancha tahdidli eshitiladi. Umidlaringizni yondirib, faqat zavq kulini qoldiradigan eposni tomosha qilishga tayyorlaning. Bu film bir necha hafta ichida milliardlab mablag‘ yig‘ilishini kutamiz.


“Острые козырьки”

Peaky Blinders
Janr: drama, jinoiy, tarixiy.
Jahon premyerasi: noma’lum.

Agar Tommi Shelbi va uning to‘dasi allaqachon yoʻqolib ketdi deb o‘ylasangiz, adashasiz. Film serialning oltinchi mavsumida yakunlangan voqeani davom ettiradi va Ikkinchi jahon urushi vaqtini namoyish etadi. Ijodkor Stiven Naytning so‘zlariga ko‘ra, film “oʻziga xos tarixni” hikoya qiladi. Loyiha serialni mashhur qilgan muhit va keskin syujetni saqlab qolishga va’da beradi. Nayt, shuningdek, filmda tanish qahramonlar va yangi shaxslar (Rebekka Fergyuson, Barri Keogan va Tim Rot) paydo bo‘lishini ta’kidladi.


“Достать ножи: Проснись, мертвец” (Netflix)

Wake Up Dead Man: A Knives Out Mystery
Janr: triller, drama, komediya, jinoiy, detektiv.
Jahon premyerasi: noma’lum.

Rayan Jonsonga tegishli ajoyib detektiv franshizasining uchinchi qismi chiqmoqda, unda izquvar Benua Blan (Deniel Kreyg) bir guruh gumonlanuvchilar va shubhali darajada ko‘p sonli qotillar bilan navbatdagi ishga jalb qilinadi. Syujet sirligicha qolmoqda, ammo bilamizki, Jonson yana yovvoyi kastani to‘playdi. Endryu Skott, Glenn Klouz, Kerri Vashington, Josh Brolin, Jeremi Renner, Keyli Speni, Josh O‘Konnor, Mila Kunis va Tomas Xeyden Cherch filmda rol ijro etadi.


“Источник вечной молодости”

Fountain of Youth
Janr: sarguzasht, detektiv.
Jahon premyerasi: noma’lum.

Jinoiy voqealar va chigal syujetlar ustasi Gay Richi bizga “Indiana Jons” ruhida sarguzasht film tayyorladi va bizni oʻzaro aloqani yo‘qotgan aka-singil afsonaviy abadiy yoshlik baxsh etuvchi manbani izlash uchun birlashadigan dunyoga yubordi. Bosh rollarni Eysa Gonsales, Natali Portman va Jon Krasinski ijro etgan.


Eslab oʻtishga loyiq:

  • “Плохая девочка” (16-yanvar): bosh rollarda Nikol Kidman va Xarris Dikinson ishtirok etgan erotik triller Ayol yaqinda birjaga chiqadigan yirik texnologik startap rahbari hisoblanadi. Shuningdek, u mehribon ona va eri bilan munosabatlari yaxshi boʻlmagan rafiqa. Uning oldiga yosh stajyor keladi va hammasi shundan soʻng boshlanadi.
  • “Очи” (26-yanvar): A24 studiyasida ishlangan Isay Sakstonning rejissyorlik debyuti qorong‘i tushgandan keyin hech qachon ko‘chaga chiqmaslik va Ochi nomi bilan tanilgan o‘rmon darveshlaridan qo‘rqadigan qilib tarbiyalangan yosh qiz haqida hikoya qiladi.
  • “Компаньон” (30-yanvar): “Varvar” filmi yaratuvchilari tomonidan Sofi Tetcher va Jek Kueyd ishtirokidagi ilmiy-fantastik triller.
  • “Моди: Три дня на крыльях безумия” (30-yanvar): Jonni Depp chorak asrdan keyin rejissyorlik kursiga qaytishga qaror qiladi. Kapitan Jek Chittak bizga, aftidan, nafaqat mo‘yqalam ustasi, balki 1916-yil Parij ko‘chalarining mashhur firibgarlaridan biri bo‘lgan rassom Amedeo Modilyani haqidagi bayopikni taqdim etadi. Bosh rolda Rikkardo Skamarcho.
  • “Любовь — боль” (6-fevral): “Никто” filmi yaratuvchilari tomonidan suratga olingan komediya janridagi film, bosh rolda Ke Xyu Kuan, u kichik shaharchadagi rieltor rolini o‘ynaydi.
  • “Бриджит Джонс. Без ума от мальчишки” (12-fevral): rejissyor Rene Zellveger tomonidan suratga olingan Bridjit Jons haqidagi to‘rtinchi film. Xyu Grant ham Kolin Fertga o‘xshab ot choptiradi.
  • “Новичок” (9-aprel): 1981-yilda yozilgan Robert Littellning xuddi shu nomdagi romaniga asoslangan triller, unda Rami Malek FQB shifrlovchisi rolini o‘ynaydi.
  • “Эддингтон” (premyera sanasi noma’lum): Ari Asterning (“Солнцестояние”, “Реинкарнация”) komediya va qoʻrqinchli janrlar elementlari bilan qorishgan neo-vestern filmi. Aktyorlar: Xoakin Feniks, Emma Stoun, Pedro Paskal, Ostin Batler va Lyuk Grayms.
  • “Большое смелое прекрасное приключение” (8-may): Margo Robbi va Kolin Farrell sehrli GPS tizimi tufayli birga uzoq, qoʻrqinchli va ajoyib sayohatga yoʻl oladigan ikki notanish odam rolini o‘ynagan drama.
  • “М3ГАН 2.0” (25-iyun): Blumhouse psixopat qoʻgʻirchoq haqidagi qoʻrqinchli filmning davomi.
  • “Я знаю, что вы сделали прошлым летом” (18-iyul): taniqli slasherning trikveli (remeyk va bir vaqtning o‘zida sikvel) ishlandi, film qotil baliqchining yo‘lidan chiqadigan ko‘plab yangi shaxslar bilan tanishtiradi.
  • “Голый пистолет” (30-iyul): bu ham sikvel boʻlib, Akiva Shafferning klassik jinoiy komedik franshizasining davomi hisoblanadi. Liam Nison bosh qahramon Lesli Nilsenning o‘g‘li, serjant Frenk Drebin rolini o‘ynaydi.
  • Pol Tomas Andersonning nomi e’lon qilinmagan filmi (8-avgust): syujet tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan, ammo Pol Tomas Anderson yana Warner Bros bilan birgalikda o‘z ssenariysi ustida ishlamoqda. Bosh rolda Leonardo di Kaprio.
  • “Пила 11” (26-sentyabr): bu kinokartinaga avvalroq filmning oltinchi, yettinchi va o‘ninchi qismlari ustida ishlagan Kevin Grotert rejissyorlik qiladi. Film voqealari birinchi va ikkinchi filmlar o‘rtasida sodir bo‘ladi, ammo o‘ninchi qismdan so‘ng, Arrachi sifatida tanilgan Jon Kramerning tarixini chuqurroq namoyish etadi.
  • “Кровельщик” (3-oktyabr): derek Chianfransning (“Место за соснами”) yangi filmi. Bu 2000-yillarning boshida 40 ta McDonald’s do‘konini o‘g‘irlagan haqiqiy o‘g‘ri Jeffri Manchester (Chenning Tatum) haqidagi jinoiy-dramatik biografik film.
  • “Бугония” (6-noyabr): Yorgos Lantimos 2003-yilda Janubiy Koreyada ishlangan “Спасти зеленую планету!” ilmiy-fantastik komediya trilleri remeykida Emma Stoun va Jessi Plemons bilan birlashadi. Sinopsis: ikki yigit (Plemons va yana kimdir) nufuzli ayolni (Stoun) o‘g‘irlaydi, chunki u o‘zga sayyoralik ekanligiga ishonishadi. Rejissyori va Gollivud aktyorlarining avval chiqqan birgalikdagi ishlarini hisobga olsak, biz ishonamizki, yangi filmda hamma narsa yanada g‘alati bo‘ladi.
  • “Пять ночей с Фредди 2” (3-dekabr): 2014-yilda shov-shuvga sabab bo‘lgan shu nomdagi video o‘yinni ekranizatsiyasining davomi. Emma Temmi rejissyor sifatida oʻz oʻrniga qaytmoqdi.
  • “Война” (premyera sanasi ma’lum emas): “28 дней спустя” va “Из машины” filmlari bilan tanilgan Iroq urushi faxriysi Rey Mendosa va Aleks Garlend tomonidan suratga olingan haqiqiy voqealarga asoslangan harbiy drama. Film 2006-yilda Iroqda bo‘lib o‘tgan voqealarni koʻrsatadi.
  • “Франкенштейн” (premyera sanasi ma’lum emas): Gillyermo del Toro — mukofotlarga sazovor bo‘lgan ssenariy muallifi va rejissyor, qo‘rqinchli filmlar ishqibozi — mashhur yirtqich hayvonning shakllanishi haqida klassik tarixini o‘ziga xos tarzda talqin qiladi. Oskar Ayzek — jonlantirish bo‘yicha tajribalari bilan tanilgan shifokor.
  • “Расплата 2”, (premyera sanasi ma’lum emas): aytishlaricha, katta muvaffaqiyatga erishgan buxgalter haqidagi hikoyaning davomi aynan shu yilda chiqadi. Shubhali, lekin mayli. Shunday boʻla qolsin.
  • “Материалистка” (premyera sanasi ma’lum emas): Dakota Jonson, Kris Evans va Pedro Paskal ishtirokidagi melodrama.
  • “Марти Превосходный” (premyera sanasi ma’lum emas): agar siz so‘nggi paytlarda Timoti Shalame nega ingichka mo‘ylov bilan yurganini so‘rasangiz, bu Josh Seffining stol tennisi bo‘yicha chempion Marti Reysman haqidagi tarixiy dramasi uchun edi.
  • “Возвращение в Сайлент Хилл” (premyera sanasi ma’lum emas): Birinchi “Сайлент Хилл"ning postanovkachisi Kristof Gan rejissyorlik kursiga qaytdi. Bu film o‘yin seriyasi ikkinchi qismining ekranlashtirilgan varianti bo‘lib, sevgilisidan ajralgan Jeyms haqida hikoya qiladi.
Roman Knishev
Muallif
Roman Knishev