Yongʻinlar sabab Oskar mukofoti uchun nomzodlarni e'lon qilish qoldirildi
Los-Anjelesda davom etayotgan yong‘inlar tufayli Amerika Kinoakademiyasi 97-Oskar mukofoti nomzodlarini e’lon qilishni yana bir bor qoldirishga qaror qildi. Bu haqda Variety nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, mukofot uchun asosiy nomzodlar 23-yanvar kuni ma’lum qilinadi. Dastlab, e’lon 17-yanvar kuni berilishi rejalashtirilgan edi. Keyinchalik 19-yanvarga ko‘chirildi. Taqdirlash marosimi esa 2-martdan 3-martga o‘tar kechasi boʻlib oʻtadi va unda komik Konan O‘Brayen boshlovchilik qiladi.
Los-Anjelesdagi yong‘inlar 7-yanvar kuni boshlangani. Buning oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi, minglab odamlar, jumladan, Entoni Xopkins, Mel Gibson, Jeff Bridjes va boshqalar uysiz qoldi.
Avvalroq 2025-yilgi Oskar mukofoti uchun ba’zi nomzodlar e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.