"Sokin tepalik", "Notoʻg'ri burilish", "Substansiya": qoʻrqinchli janrdagi 15 ta film

E’lon qilingan sana· 547
"Sokin tepalik", "Notoʻg'ri burilish", "Substansiya": qoʻrqinchli janrdagi 15 ta film

Yildan-yilga suratga olinayotgan qoʻrqinchli filmlar soni ortib bormoqda. Shu jumladan, ular nufuzli kinofestivallarda ishtirok etib, sovrinlar qoʻlga kiritmoqda. Janrdagi bunday oʻsishni Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi qoʻrqinchli filmlar sonidan ham sezish mumkin.

Afisha.uz ushbu jamlanmada bir qator qoʻrqinchli filmlar haqida ma’lumot beradi.


“Soʻnggi manzil” (“Final Destination”) 2000

“Soʻnggi manzil” — amerikalik prodyuserlar Jeyms Vong va Glen Morgan tomonidan yaratilgan boʻlib, “Maxfiy ma’lumotlar” teleserialining foydalanilmagan ssenariylari asosida yaratilgan. Bundan tashqari, ushbu franshizada yana beshta kino ishlangan.

Halokatda 287 yo‘lovchi va ekipaj a’zolari, jumladan, 40 nafar “Maunt Abraham” maktabi o‘quvchilari halok bo‘ldi. Uchishdan bir necha daqiqa oldin yo‘lovchilardan biri Aleks Brauning halokatni bashorat qiladi. Fojiadan keyin esa uni tartibsizlikning tashkilotchisi sifatida qoʻlga olishadi.

Filmni tomosha qilish.


“Gannibal” (“Hannibal”) 2001

Koʻplab maqtovlarga sazovor boʻlgan “Qoʻzichoqlar sukunati” filmining sikveli Ridli Skott tomonidan suratga olinadi. Toʻgʻri, bu kinokartina ilk filmdek chiqmagan boʻlsa ham qoʻrqinchli filmlar muxlislari uchun ajoyib sovgʻa boʻla olgan.

O‘n yillik xavotirli sukunatdan so‘ng, daho Gannibal Lekter FQB agenti Klarisa Starlingga xat yozib, unga uzilib qolgan intellektual duelni davom ettirishni taklif qiladi.

Filmni tomosha qilish.


“28 kundan keyin” (“28 Days Later”) 2002

Soʻnggi Oskar mukofoti gʻolibi Kilian Myorfi dastlabki rollaridan birini ushbu filmda oʻynagan. “28 kundan keyin” filmining ikkinchi va uchinchi qismlari ham mavjud boʻlib, ular “28 haftadan keyin” va “28 yildan keyin” deb nomlanadi.

“Yashil” ekstremistlar guruhi primatlarni o‘rganish markaziga bostirib kiradi va maxfiy ilmiy laboratoriyadan xavfli virusi bilan kasallangan maymunni chiqarib yuboradi. Bir necha soniya ichida qon orqali yuqadigan va o‘limga olib keladigan virus har qanday tirik mavjudotga yetib, uni qonxo‘r yirtqichga aylantiradi.

Filmni tomosha qilish.


“Notoʻgʻri burilish” (“Wrong Turn”) 2003

Ushbu film AQSh va Germaniya hamkorligida suratga olingan qo‘rqinchli film hisoblanadi. Ayni paytda “Notoʻg'ri burilish"ning 7 ta qismi mavjud. Birinchi va yettinchi qismlar katta ekranlarda premyera qilingan, qolganlari esa DVD va Blu-rayda chiqarilgan.

Dastlabki uchta film G‘arbiy Virjiniyada tuzoq va qurollardan foydalangan holda dahshatli usullar bilan odamlarni ovlash va o‘ldirish bilan shug‘ullanadigan kanniballarning turli oilalari haqida hikoya qiladi.

Filmni tomosha qilish.


“La'nat” (“The Grudge”) 2004

“La'nat” — Sony Pictures tomonidan ishlab chiqarilgan va Yaponiyaning katta “Ju-On” franshizasining bir qismi bo‘lgan g‘ayritabiiylik haqidagi qo‘rqinchli filmlar seriyasi hisoblanadi. Birinchi qism “Ju-On: La’nat” filmining remeyki bo‘lib, yapon filmiga o‘xshash syujet chizig‘ini takrorlaydi.

Sirli va shafqatsiz qarg‘ish yangi qurbonni — Tokiodagi tashlandiq uyning sharpasidan qutula olgan qizning singlisini qo‘lga kiritadi. Endi ko‘pchilik dahshatli o‘lim bilan o‘ladi. Gap faqat qurbonlar zanjiri qanchaga cho‘zilishi va bu qarg‘ishni to‘xtata oladigan kuch bor-yo‘qligida

Filmni tomosha qilish.


“Iblis tomonidan quvilganlar” (“The Devil’s Rejects”) 2005

“Iblis tomonidan quvilgankar” — Rob Zombining ikkinchi filmi, “1000 o‘lik uyi” filmining davomi hisoblanadi. Bu an’anaviy qo‘rqinchli filmlar uslubida yaratilgan, ammo qora yumor bilan boyitilgan kinokartina hisoblanadi. Ko‘pgina mamlakatlarda film maksimal yosh chegarasiga ega.

Akasining o‘limi uchun qasos olishni qat’iy niyat qilgan sherif o‘z tergovini olib boradi. U Faerflaylar oilasini ta’qib qiladi va shafqatsiz qotillarni yollaydi.

Filmni tomosha qilish.


“Sokin tepalik” (“Silent Hill”) 2006

Keitiro Toyama tomonidan asos solingan “Silent Hill” va Konami kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya tomonidan ishlangan qo‘rqinchli media franshiza hisoblanadi.

Asosiy syujetga ko‘ra, Rouz Dasilva asrab olingan qizining kasalligi sababini aniqlash uchun tumanli Saylent Hill shahriga boradi va u yerda yirtqich hayvonlar bilan toʻlgan muqobil dunyoga duch keladi.

Filmni tomosha qilish.


“Zulmat” (“The Mist”) 2007

Qoʻrqinchli janrda ijod qiladigan Stiven Kingning “Tuman” asariga asoslangan kinokartina rejissyori Frenk Darabont hisoblanadi.

Kichkina shaharchada odamlarni tashqi dunyodan ajratib qoʻyadigan g‘ayritabiiy tuman qoplaydi. Shu paytda supermarketda bo‘lgan bir guruh odamlar tumanda yashovchi yirtqich hayvonlar bilan jangga kirishadi.

Filmni tomosha qilish.


“Hodisa” (“The Happening”) 2008

Qoʻrqinchli filmlar ishlash boʻyicha katta tajribaga ega rejissyor Manoj Shyamalanning bir nechta muvaffaqiyatli loyihalari bor. “Hodisa"ni ham ular qatoriga kiritish mumkin.

Syujet butun insoniyatni qoʻrqitayotgan tahdiddan qochishga urinayotgan oila haqida hikoya qiladi. Falokat to‘satdan kelib, odamlarni o‘z joniga qasd qilishga majburlaydi. Dahshatli ofatmi, epidemiya yoki yangi kasallik? Bu nima? Hech kim bilmaydi.

Filmni tomosha qilish.


“Zombilenga xush kelibsiz” (“Zombieland”) 2009

Faqat zombi-apokalipsisgina sotsiofob insonni do‘stlar topishga majbur qilishi mumkin. Film boshqa qoʻrqinchli filmlardan komediya janri aralashgani bilan ham ajralib turadi.

Zombilar AQShga bostirib kirgandan so‘ng, omon qolganlarning kichik guruhi mamlakat bo‘ylab ko‘chib, zombilar bilan jang qiladi. Ular xavfsizlik umidida ko‘ngilochar bog‘da to‘xtashga qaror qiladi.

Filmni tomosha qilish.


“Iblis” (“Devil”) 2010

“Iblis” 2010-yilda rejissyor Jon Erik Daudl tomonidan Shyamalan syujeti va Brayan Nelson ssenariy muallifligida suratga olingan detektiv triller hisoblanadi.

To‘xtab qolgan liftda qolib ketgan bir necha kishi vaqt o‘tishi bilan ular orasida Iblis borligini tushunishadi.

Filmni tomosha qilish.


“Marosim” (“The Rite”) 2011

Diniy seminariya talabasi Vatikanga ekzortizmni o‘rganish uchun boradi. Shu bilan birga, u bu qarama-qarshi amaliyotga ham, dinning o‘ziga ham shubha bilan qaraydi. U iblisni haydash marosimini juda koʻp bor o‘tkazgan afsonaviy ota Lukasning shogirdi bo‘lgach, uning skeptitsizmi yoʻqola boshlaydi.

Va nihoyat, shayton vasvasasi haqidagi navbatdagi ish Lukas otaning qoʻlidan chiqib ketgach, yosh seminarist fan izohlay ham, nazorat ham qila olmaydigan fenomen bilan yuzma-yuz keladi.

Filmni tomosha qilish.


“Z jahon urushi” (“World War Z”) 2013

Qoʻrqinchli janrdagi filmlarda mashhur aktyorlarning chiqishi koʻp ham kuzatilmaydi. Ammo bu kinokartina bosh rolni Bred Pitt ijro etgani bilan ajralib turadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti xodimi Gari Leyn vaqt o‘tishi bilan insoniyatni butunlay yo‘q qilishga qodir bo‘lgan yuqumli kasallikni to‘xtatishga harakat qilmoqda.

Filmni tomosha qilish.


“Sokin hudud” (“A Quiet Place”) 2018

Ushbu kinokartinani oʻzbek tilida ham tomosha qilish. Ikki farzandli oila chekka bir fermada yashaydi. Bir koʻrishda bu insonlarning hayoti boshqalarnikidan farq qilmaydigandek, ammo ular har qanday ovozga e’tibor qaratadigan maxluqlar bilan toʻlib yotgan joyda istiqomat qiladi.

Bu oila oʻzaro ovoz chiqarmay muloqot qilishda yordam beradigan maxsus ishoralar toʻplamini yaratgan. Bundan tashqari, oila a’zolaridan har biri maxluqlar uni eshitib qolmasligi uchun juda jim harakatlanishi lozim. Biroq bolalar yashaydigan xonadon dunyodagi eng osuda joy boʻlishi ilojsiz.

Filmni tomosha qilish.


“Substansiya” (“The Substance”) 2024

Demi Mur ishtirokidagi yangi suratga olingan body-horror janridagi film hozirda nufuzli kinofestivallarda har xil sovrinlarni qoʻlga kiritib kelmoqda. Kinokartina nomzodi katta ehtimol bilan Oskar mukofotiga ham qoʻyiladi.

Gollivud yulduzi Elizabet Sparklning shon-shuhrati, garchi u hali ham televideniyeda mashhur fitnes shousini olib borsa ham, o‘tmishda qoldi. Uning shousini yangi yulduz bilan qayta ishga tushirishmoqchi bo‘lganda, Elizabet noyob “Substansiya” preparatini qabul qilishga qaror qiladi. Shu tariqa yosh Syu dunyoga keladi. Biroq mukammallikning o‘z bahosi bor va intiqom uzoq kutishga majbur qilmaydi.

Filmni tomosha qilish.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov