Jeki Chan ishtirokidagi "Panda" operatsiyasi" filmi oʻzbek tiliga dublyaj qilindi

E’lon qilingan sana· 1 065
Jeki Chan ishtirokidagi "Panda" operatsiyasi" filmi oʻzbek tiliga dublyaj qilindi

“Kinopoisk” onlayn platformasida Jeki Chan ishtirokidagi “Panda” operatsiyasi" filmi namoyish etila boshladi. Premyera oʻzbek tiliga ham dublyaj qilingan. Tarjima va dublyajni avvalroq “Tarjimon”, “The Equalizer” , “Nojentlmencha ishlar vazirligi”, “Garfild”, “Bad Boys: Ride or Die” va boshqa filmlarni oʻzbek tiliga oʻgirgan “Kitchen Russia” dublyaj studiyasi amalga oshirdi.

Personajlarga quyidagi dublyaj ustalari ovoz bergan:

  • Bexzod Muhammadkarimov;
  • Aziz Latipov;
  • Ixtiyot Otajonov;
  • Laziza Mirkomilova;
  • Zarina Otajonova;
  • Otabek Iskandarov;
  • Isomiddin Boymirzayev;
  • Diyorbek Ibragimov;
  • Oʻtkir Alimov;
  • Dildora Qahhor;
  • Ruxshona Ne’matjonova.