“Bahodir Yalangtoʻsh” triumfi: “Oltin Humo — 2024” kinotaqdimotidan fotoreportaj
Toshkentdagi Milliy kino sanʼati saroyi (Panorama) da 26-dekabr kuni “Oltin Humo — 2024” milliy kinotaqdimotining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Afisha.uz muxbirlari ushbu tadbirda qatnashib, fotoreportaj tayyorladi.
2019-yildan buyon anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Oltin Humo” taqdirlash marosimi joriy yilda ham ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Taʼkidlanishicha, joriy yil kinotaqdimot tashkiliy qo‘mitasiga davlat va nodavlat kinostudiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan jami 44 ta, jumladan, 19 ta badiiy, 22 ta hujjatli, 3 ta animatsion filmlardan arizalar qabul qilingan. Mazkur filmlar ijodkorlarining eng yaxshilari 15 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlandi.
Marosimni madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov, Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev hamda Kinoarboblar ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonovlar ochib berdi.
Shundan so‘ng, o‘zbek kinematografiyasida o‘chmas iz qoldirgan kinoijodkorlar xotirasiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.
Tadbir boshida “Ozbek kinematografiyasiga qoshgan hissasi uchun” nominatsiyasida quyidagi san’at arboblari taqdirlandi:
- Oʻzbekiston xalq artisti Rajab Adashev;
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, rejissyor Isamat Ergashev;
- “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, rejissyor Temurmalik Yunusov;
- “Shuhrat” medali sohibasi Adiba Nosirova;
- Oʻzbekiston sanʼat arbobi Baxtiyor Nazarov.
Shuningdek, “Oltin Humo” milliy kino taqdimoti quyidagi nominatsiyalar boyicha oz egalariga topshirildi:
- Eng yaxshi hujjatli film: “Shamol odamlari” filmi;
- Eng yaxshi animatsion film: “Beruniy sarguzashtlari” filmi uchun Abdulatif Haydarov;
- Eng yaxshi ovoz rejissyori: “Sevdo” filmi uchun Abduqahhor Karimov;
- Eng yaxshi montaj ishi: “Uch qahramon” filmi uchun Temur Kiyasov;
- Eng yaxshi grafika ishi: “Bahodir Yalangtoʻsh” filmi uchun Lazizxon Gʻaniyev;
- Eng yaxshi rassom ishi: “Ajiniyoz” filmi uchun Qazaqbay Xojamuratov;
- Eng yaxshi grimm rassomi: “Bahodir Yalangtoʻsh” filmi uchun Mahbuba Esonova, Rimma Voronova;
- Eng yaxshi liboslar boʻyicha rassom: “Bahodir Yalangtoʻsh” filmi uchun Zuhra Gʻaniyeva;
- Eng yaxshi kino bastakori: “Bahodir Yalangtoʻsh” filmi uchun Doniyor Agzamov;
- Eng yaxshi ssenariy: “Bahodir Yalangtoʻsh” filmi uchun Jahongir Ahmedov, Hasan Toshxoʻjayev;
- Eng yaxshi operatorlik ishi: “Uch qahramon” filmi uchun Azizbek Normatov;
- Eng yaxshi rejissyorlik ishi: “Bahodir Yalangtoʻsh” filmi uchun Jahongir Ahmedov;
- Eng yaxshi ayol roli: “Pandemiya” filmi uchun Tamara Mirmaqsudova;
- Eng yaxshi erkak roli: “Bahodir Yalangtoʻsh” filmi uchun Tohir Saidov;
- Hakamlar hay’atining maxsus sovrini: “Matonat” filmi uchun Adliya vazirligi;
- Eng yaxshi debyut ishi: “House” filmi uchun Jamshid Narziqulov;
- Eng yaxshi film: “Bahodir Yalangtoʻsh” filmi uchun Jahongir Ahmedov.
Tadbirda O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva hamda yosh taniqli xonanda Gafur o‘z qo‘shiqlari bilan zaldagilarga kayfiyat ulashdi.
Marosimda Erkin Bozorov-Rayhon Asadova hamda Tohir Saidov-Lola Eltoyeva boshlovchilik qildi.
“Oltin Humo — 2024” kinotaqdimotidan fotosuratlarni quyida tomosha qilishingiz mumkin.