"Kalmar oʻyini" serialining 2-mavsumi premyera qilindi

E’lon qilingan sana· 948
"Kalmar oʻyini" serialining 2-mavsumi premyera qilindi

Netflix striming platformasida “Kalmar oʻyini” serialining 2-mavsumi premyera qilindi. Ikkinchi mavsum yetti qismdan iborat boʻlib, ularning barchasini tomosha qilish mumkin.

Serialda omon qolish uchun yangi turnir va Son Gi Xunning (456-oʻyinchi) o‘yinga chek qo‘yishga urinishlari haqida hikoya qilinadi. “Kalmar o‘yini” serialining birinchi mavsumi 2021-yilda premyera qilingan va Netflix tarixidagi eng ko‘p ko‘rilgan shouga aylangandi.

“Kalmar oʻyini” 2025-yilda uchinchi mavsum chiqarilgandan soʻng yakunlanadi. Avvalroq rejissyor Devid Fincher serialning amerikancha remeyki ustida ishlashi haqida xabar berilgan edi.