Kristofer Nolan "Odisseya" asarini ekranlashtiradi

E’lon qilingan sana· 438
Kristofer Nolan "Odisseya" asarini ekranlashtiradi

Universal studiyasi Kristofer Nolanning yangi loyihasi “Odisseya” asarining ekranizatsiyasi ekanini ma’lum qildi. Bu haqda “The Hollywood Reporter” xabar berdi.

Film Gomer qalamiga mansub klassik kitobga asosida suratga olinadi va eng yangi IMAX texnologiyasidan foydalaniladi.

Syujetda Odisseyning Troya urushidan keyin ona vatani Itaka oroliga qaytishi haqida hikoya qiladi. Voqea miloddan avvalgi VIII asrda bo‘lib o‘tadi va mifologik elementlarga, shu jumladan, qadimgi yunon ma’budlari va yirtqich hayvonlar ham oʻrin oladi.

“Odisseya” aktyorlari tarkibidan Mett Deymon, Tom Holland, Zendeya, Enn Xeteuey, Robert Pattinson, Sharliz Teron va Lupita Niongo oʻrin olgan. Premyera 2026-yil 17-iyulda bo‘lib o‘tadi.

Nolanning so‘nggi filmi, “Oppenhaymer” bayopik filmi boʻlib, 2023-yilda premyera qilingan va jahon prokatida 975 million dollar ishlab topgan. Shuningdek, yettita Oskar mukofotini qo‘lga kiritgandi.