“Supermen” filmining ilk treyleri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 368
“Supermen” filmining ilk treyleri e'lon qilindi

Ushbu filmning ssenariysi ustida "Galaktika qoʻriqchilari" trilogiyasidagi ishi bilan tanilgan Jeyms Gunn ishlagan.

“DC Studios” rejissyor va ssenarist Jeyms Gunn tomonidan suratga olingan “Supermen” filmining birinchi treylerini e’lon qildi.

Film syujeti Klark Kentning Metropolisdagi dastlabki yillari, uning Supermen sifatida shakllanishi va inson va kripton mohiyatlari o‘rtasidagi muvozanatni topishga qaratilgan. Rejissyorning ta’kidlashicha, film o‘zining oldingi ishlariga qaraganda kamroq yumorga ega bo‘lib, dramatik komponentga urg‘u beradi.

Bosh rollarda Devid Korensvet (Klark Kent), Reychel Brosnaxan (Lois Leyn), Nikolas Hoult (Leks Lutor), Natan Fillion (Yashil fonar), Frenk Grillo (katta Rik Flag) va Milli Alkok (Superqiz).

Film 2025-yil 11-iyulda premyera qilinadi.