Tomas Shelbi haqida yangi film suratga olindi
Netflix striming platformasi “Peaky Blinders” (“Shelbilar oilasi”) boʻyicha toʻliq-metrajli filmning suratga olish ishlari yakunlanganini rasman tasdiqladi.
Aktyor Kilian Myorfi bosh qahramon Tomas Shelbi roliga qaytgan, shuningdek, u loyiha prodyuserlaridan biri sifatida ham ishlaydi. Unga Barri Keogan, Stiven Grem, Rebekka Fergyuson va Tim Rot hamrohlik qiladi. Film rejissyori Tom Xarper boʻlib, u avval bu serialning ilk epizodlari ustida ishlagan. Ssenariyni asl serial muallifi va yaratuvchisi Stiven Nayt yozgan.
Film syujeti Ikkinchi jahon urushi davrida Shelbilar oilasi va ularning yangi voqelikka moslashuvi haqida hikoya qiladi. Filmda tanish personajlar ham, yangi obrazlar ham paydo boʻlishi kutilmoqda.
Loyihaning premyera sanasi hozircha noma’lum.