Ayub Shahobiddinovning yangi "Bahorni quvib" filmi premyera qilinadi

E’lon qilingan sana· 740
Ayub Shahobiddinovning yangi "Bahorni quvib" filmi premyera qilinadi

Rejissyor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan yangi “Bahorni quvib” filmi 18-dekabr kuni premyera qilinadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kinokartina “Oʻzbekfilm” kinokonserni tomonidan suratga olingan. Maxsus premyera Milliy kino sanʼati saroyining kichik zalida 16:00 da boshlanadi. Filmda oʻzbek ayoli kechinmalari va insoniy munosabatlar haqida hikoya qilinadi.

“Bahorni quvib” filmida bosh rolni Ra’no Shodiyeva ijro etgan. Ssenariy muallifi yozuvchi va dramaturg Erkin A’zam hisoblanadi.