Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (28-noyabr)
Oʻzbekiston kinoteatrlarida 28-noyabrdan “Моана 2” multfilmi, “Мария” dramasi, “Конклав” trilleri va boshqa yangi filmlar namoyishi boshlandi.
“Моана 2”
Disney animatsion sarguzashti “Моана 2” — motunuilik Moana hikoyasining davomi. Unga yana yarim ma’bud Maui va kutilmagan noma’lum sinovlarga tayyor yangi ittifoqchilar jamoasi hamrohlik qiladi.
“Конклав”
Papaning to‘satdan vafotidan so‘ng, kardinallar konklavga — katolik cherkovining yangi rahbarini tanlashga tayyorgarlik ko‘radi. Bu muqaddas marosimga rahbarlik qilish kardinal Lourensga topshirilgan. Ammo tez orada u oliy ruhoniylar orasida fitna tayyorlanayotganini tushunadi va cherkovning poydevorini buzishi mumkin bo‘lgan sirni bilib oladi.
“Мария”
1977-yil, sentyabr. Erta nafaqaga chiqqan, dunyoga mashhur opera malikasi Mariya Kallas Parijdagi hashamatli kvartirasida ikki pudel, oshpaz ayol va eshik og‘asi bilan yashaydi. Birinchisining ishi, ovqat pishirishdan tashqari, Mariyaga xushomad qilishdan iborat. Ikkinchisi esa ertalabdan kechgacha ayol uchun katta royalni uyoqdan buyoqqa sudraydi, uning tabletkalarini sanaydi, restoranlardan olib ketadi va nihoyat, gallyutsinatsiyalar bilan emas, balki mutaxassis bilan suhbatlashishi kerakligiga ishontirishga harakat qiladi.
“Перевозчик душ”
Tungi sayrdan so‘ng, kayfiyati buzilgan Enn va Patrik, haydovchisi oqko‘ngil va sergap erkak bo‘lgan qora taksiga o‘tiradi. Er-xotinning munosabatlari yaxshi holatda emas, shuning uchun ular istar-istamas suhbatlashib borardilar. To‘satdan ular oʻz uyi o‘rniga yo‘lning arvohlar bilan to‘lgan qismida mashinada qamalib qoladi. Ushbu juftlik yashab qolish uchun sirli taksi haydovchisining kim ekanligini va uning maqsadlarini aniqlashi kerak.
“Сиджинн. Книга страданий”
Go‘zal Irma amakivachchasi Galanni sevib qoladi. Yigit bir necha yil oldin uylangan va qiz farzandi boʻlishiga qaramay, Irma bilan ishqiy munosabatga kirishadi. Sevgilisi bilan navbatdagi janjal paytida Irmaning bolasi tushib qoladi va g‘azablangan qiz dahshatli tarzda qasos olishga qaror qiladi. U jodugarning oldiga boradi va Galanning uyidan o‘g‘irlangan soch va qon orqali uning xotiniga zarar yetkazadi. Besh kecha ichida ayol va uning barcha qarindoshlari halok bo‘ladi.
“Первые ведьмы. Потомство”
Mashhur bloger qizlar tarixda jodugarlar ommaviy ravishda qatl qilingan joyga borishadi. XVII asrda bu yerda mahalliy vikariy ayollarni eng birinchi jodugarlarning avlodlari deb hisoblab, sud qilgan. Ammo qurbonlardan biri haqiqatan ham jodugar bo‘lib, o‘layotganida ruhoniyni va bu yerlarni la’natlagan. Bu joyga yetib borgach, qizlar dahshatli va tushunarsiz hodisalarga duch kelishadi. Yovuzlikni to‘xtatish uchun ular ilk jodugarlarning sirini topishlari kerak.
“Астрал. Медиум”
Arvohlar bilan gaplashish qobiliyatiga ega boʻlgan qiz singlisining o‘limi sirini ochishga harakat qiladi.