Kiberjinoyatchilik haqidagi “Daydi shamol” filmi suratga olinmoqda

E’lon qilingan sana· 130
Kiberjinoyatchilik haqidagi “Daydi shamol” filmi suratga olinmoqda

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash haqidagi “Daydi shamol” filmi suratga olinmoqda. Kinokartina Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan, Davlat Xavfsizligi Xizmati va Kiberxavfsizlik markazi hamkorligida “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan ishlanmoqda.

Ta’kidanishicha, film syujeti kiberjinoyatchilikning odamlar hayotiga va butun jamiyatga bo‘lgan jiddiy tahdidlari haqida hikoya qiladi. Ushbu loyiha tomoshabinlarga kiberxavfsizlikning ahamiyatini tushuntirish va ogohlikni oshirishni maqsad qiladi.

Film ssenariy muallifi Sanjar Matkarimov, postanovkachi rejissyorlar Sanjar Matkarimov, Azamat Nurmatov hisoblanadi.

Qayd etilishicha, “Daydi shamol” filmi faqatgina badiiy tasvirlar orqali kiberjinoyatchilikni yoritibgina qolmay, balki bu mavzuda jamiyatda tushunchani kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Filmning suratga olish jarayonlari davom etmoqda.