Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (14-noyabr)
Oʻzbekiston kinoteatrlarida 14-noyabrdan “Гладиатор 2” jangari filmi, “Вампиры лёгкого поведения” komediyasi, “Легенда об Ориксе” multfilmi, “Миллиардер в трущобах” komediyasi, “В плену стихии” dramasi va boshqa yangi kinolar premyerasi boshlanadi.
“Гладиатор 2”
Rim imperiyasining sobiq vorisi Lutsiy gladiatorga aylanadi.
“Вампиры лёгкого поведения”
Redlining oilasi — Helen, Piter va ularning o‘smir farzandlari Klara hamda Rouen kichik shaharchada tinch hayot kechiradi. Bir kuni Klaraga sinfdoshi hujum qiladi va qiz o‘zini himoya qilish uni o‘ldiradi hamda qonini ichadi. Ma’lum bo‘lishicha, ota-onasi ularning oilasi vampir ekanini yashirgan va ular ko‘p yillar davomida qon iste’mol qilishdan o‘zlarini tiyishga muvaffaq bo‘lgan. Jasaddan qutulish uchun yordamga bolalar ham tanimaydigan amaki chaqiriladi. Otaning egizagi hushyorlikni unutadigan va o‘z hayot falsafasi haqida gapirib berishni yoqtiradigan odam boʻladi.
“Месье Азнавур”
Film afsonaviy Sharl Aznavurning ilk qadamlaridan to butun dunyoda shon-shuhratga erishguncha boʻlgan voqealari haqida. Bu bir insonning musiqaga bo‘lgan ishtiyoqi, kuchli irodasi va mashaqqatli mehnati bilan ko‘plab qiyinchiliklarni qanday yengib o‘tgani, o‘zining betakror iste’dodi bilan musiqa olamida muhim iz qoldira olgani haqidagi hikoya.
“Манюня: Приключения в деревне”
Manyunya, Narine va Karine yozgi ta’tilga qishloqqa, buvisining oldiga boradi, u yerda zerikarli va bir xil kunlarga duch keladi, ammo kutilmagan voqealar ularni qishloq hayotiga yangicha qarashga majbur qiladi.
“Легенда об Ориксе”
Sahroning ichkarisida, Katta Oazisda orikslar sardori Mertinning o‘g‘li yosh Xardi gʻam-tashvishsiz yashaydi. Antos boshchiligidagi bo‘rilar Katta Oazisga hujum qilganda, Xardi Go‘zal Oazisga qochib ketadi va u yerda qo‘shimcha kuch topishga umid qiladi. Go‘zal Oazisning yetakchisi Sarir Xardini samimiy qutlaydi va orikslar imperiyasining sardori etib tayinlaydi. Kichik Xardi betashvish hayotidan ayriladi va Sarirning katta fitnasini payqamay qoladi, buning natijasida Xardilar Go‘zal Oazis hududidan haydaladi.
Ota-onasi, uyi va qabilasidan ayrilgan Xardi do‘stlarining qo‘llab-quvvatlashi tufayli hokimiyat qanchalik ko‘p bo‘lsa, mas’uliyat shunchalik katta bo‘lishini asta-sekin tushunib yetadi. Sahroda tinchlik uchun Xardi Katta Oazisdagi uyini qaytarishga qaror qiladi.
“В плену стихии”
O‘n ikki yoshli don Fendler oilasi bilan Men shtati o‘rmonlariga qilingan sayohat paytida yo‘qolib qoladi. Uyga qaytish uchun u yolg‘iz o‘zi uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tishi, shuningdek, nafaqat tabiiy ofatga qarshi turishi, balki o‘z qo‘rquvlarini ham yengishi kerak.
“Миллиардер в трущобах”
Kambag‘al oila yangi hayot boshlash va o‘g‘lini oyoqqa turg‘izish uchun qishloqdan shaharga ko‘chib o‘tadi. Bola yaxshi o‘qiydi va ota-onasining hafsalasini pir qilmaslik uchun bor kuchini ishga soladi, lekin vaqt o‘tishi bilan nimadir noto‘g‘ri ekanligini tushunadi.
“Реинкарнация. Возвращение ведьмы”
Mahbus Richardni, mish-mishlarga ko‘ra, jodugar ruhi yashaydigan uyda bir hafta o‘tkazish sharti bilan qamoqdan ozod qilishlari mumkin. Asabi baquvvat odam uchun bu oson vazifa bo‘lib tuyuladi. Biroq Richard ba’zi bir narsalardan xavotirda edi. Unga koʻra, avvalgi tashrif buyuruvchilar uyda besh kun ham turolmagan. Birinchi tundan so‘ng, qolgan vaqt erkak uchun do‘zaxga aylanishi ma’lum bo‘ladi.
“Еретик”
Cherkov missiyasi ikki qizni beozor yolgʻonchi mister Ridning eshigi oldiga olib keladi. Ular nima boʻlayotganini tushunishga ulgurmay, o‘z e’tiqodi mustahkamligini sinab ko‘rish uchun qurilgan iblisning tuzog‘iga tushib qoladi. Omon qolish uchun ular bir qator murakkab sinovlardan o‘tishlari va izohlab bo‘lmaydigan holatlarga duch kelishi kerak. Endi nimaga ishonish yoki ishonmaslik ular uchun hayot va o‘lim o‘rtasidagi tanlovni anglatadi.