Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (31-oktyabr)
Oʻzbekiston kinoteatrlarida 31-oktyabrdan “Время жить” melodramasi, “Право на лево” komediyasi, “Шамбала. Конец времён” jangari filmi va boshqa yangi kinolar premyerasi boshlanadi.
“Время жить”
Maqsadga intiluvchan Almut butun umri davomida oshpaz bo‘lishni orzu qilgan, romantik Tobias esa koʻp oʻtmagan ajrashuvidan keyin hali o‘zini o‘nglay olmadi. Tasodifiy to‘qnashuv ularning hayotini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Endi esa ularning maftunkor qizi, shinam uyi va gullab-yashnayotgan karyerasi bor. Ammo ular mash’um xabar eshitadi: Almut jiddiy kasallikka qarshi kurashishi kerak. Umidlarini yo‘qotmagan er-xotin har bir lahzaning qadr-qimmatini anglaydilar va bir daqiqa ham behuda ketmasligi uchun yashashga qaror qiladilar.
“Агент на уикенд”
Yigit — maxsus agent boʻlib, bajara olmaydigan vazifalari yoʻq. Qiz — jinoiy sindikat xizmatidagi eng yaxshi tashuvchi. Taqdir navbatdagi topshiriq vaqtida sobiq jazmanlarni uchrashtiradi. Bu vaziyatda ular omon qolishdan ko‘ra koʻproq bir narsani — bir-birlarini qayta sevib qolmaslikni oʻylashi kerak.
“Лес чудес”
Bolakay Anjelo tadqiqotchi va zoolog bo‘lishni orzu qiladi. Oila a’zolari buvisini ko‘rgani ketayotgan paytda tasodifan uni yo‘ldagi to‘xtash joylaridan birida unutib qoldiradi va bolakay buni o‘zini sinab ko‘rish imkoniyati deb hisoblaydi. O‘z kuchiga ishongan Anjelo ularni quvib yetish uchun o‘rmon orqali yo‘l ochishga qaror qiladi va ba’zan do‘stona, ba’zan esa unchalik ham doʻstona boʻlmagan ajoyib mavjudotlar yashaydigan qorong‘i va sirli dunyoga tushib qoladi.
“Шамбала. Конец времён”
2898-yil. Yerda imperator hukmronlik qiladi va yashirin Shambala shahridan chiqqan qo‘zg‘olonchilar unga qarshilik qiladi. Imperatorning o‘ng qo‘li, qo‘mondon Manas, hukumdor uchun abadiylik formulasini topish loyihasi ustida ishlamoqda. Qo‘zg‘olonchilar yordami bilan g‘ayrioddiy qiz bu loyihadan qochishga muvaffaq bo‘ladi. Uni imperatorning askarlari katta mukofot evaziga qoʻlga olishga urinmoqda. Shu bilan birga, xaloskor kelishi va insoniyatni azob-uqubatlardan xalos etishi haqidagi qadimgi bashorat ham amalga oshishni boshlaydi.
“Ученик. Восхождение Трампа”
Yosh tadbirkor Donald J. Tramp Manxettenda ko‘chmas mulk savdosi bilan shug‘ullanadi. Uning mijozlari orasida biznesmenlar, kino yulduzlari, siyosatchilar va Amerikaning eng xavfli jinoyatchilari bor. Ular orasida omon qolish uchun yaxshi aloqalar kerak. Mashhur advokat va shantajchi Roy Konning qo‘llab-quvvatlashi ostida bo‘lgan Tramp butun Nyu-Yorkni o‘z qo‘liga olishni rejalashtirmoqda.
“Двойная игра”
Giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar guruhiga kirgan yashirin agent murakkab tanlov oldida qoladi.
“Право на лево”
Ivan — ayollarning e’tiboriga tushgan yosh va muvaffaqiyatli advokat. Biroq u 20 foiz sodiq erkaklar qatoriga kiruvchi munosib er va ota hisoblanadi. Lekin shunday kun keladiki, har bir namunali er qoidalarni buzishga haqqi bor-yo‘qligi haqida o‘ylab qoladi. Ayniqsa, sening yordamching juda chiroyli, lekin xotiningning eng yaxshi dugonasi boʻlsa. Tinch oilaviy hayot yoki yangi romantik sarguzasht? Martaba yoki barchasini yoʻqotishdan qo‘rqish?
“Синистер. Семейное проклятие”
Patrik butun bolaligini tushunarsiz va anglab yetish qiyin boʻlgan qo‘rquv ichida o‘tkazdi. Endi u katta bo‘ldi, ammo o‘tmishdagi vahima uni yana ta’qib qila boshladi. Biroq bu safar tushunarsiz qoʻrquv uning o‘zini emas, balki o‘g‘lini ta’qib qilmoqda. Endi qo‘rquvdan butunlay qutulish va shafqat nimaligini bilmaydigan maxluqning ko‘ziga tik boqish vaqti keldi.
“Заклятие: Реинкарнация отца”
Otasi to‘satdan vafot etganidan so‘ng, Ayzek o‘gay onasining qaramog‘ida qoladi. Ko‘p o‘tmay, bolaga marhumning ruhi ko‘rina boshlaydi. Uning qiyofasi vahimali, xatti-harakatlari esa qo‘rqinchli edi. Ayzek otasining reinkarnatsiyasi nimaga intilayotganini aniqlashi kerak. U xavf solmoqdami yoki oila boshiga tushgan la’natning yanada dahshatliroq oqibatlari haqida ogohlantirmoqchimi?