Oʻzbekiston kinoteatrlarida Amitabx Bachchan rol ijro etgan film namoyish etiladi
Oʻzbekiston kinoteatrlarida 31-oktyabrdan boshlab, hindistonlik kinoijodkorlarning “Шамбала. Конец времён” nomli filmi namoyish etiladi. Kinokartinaning IMDb reytingidagi bahosi 7 hisoblanadi.
Filmda kelajak, 2898-yildagi voqealar hikoya qilinadi. Yerda imperator hukmronlik qiladi va yashirin Shambala shahridan chiqqan qo‘zg‘olonchilar unga qarshilik qiladi. Imperatorning o‘ng qo‘li, qo‘mondon Manas, hukumdor uchun abadiylik formulasini topish loyihasi ustida ishlamoqda.
Qo‘zg‘olonchilar yordami bilan g‘ayrioddiy qiz bu loyihadan qochishga muvaffaq bo‘ladi. Uni imperatorning askarlari katta mukofot evaziga qoʻlga olishga urinmoqda. Shu bilan birga, xaloskor kelishi va insoniyatni azob-uqubatlardan xalos etishi haqidagi qadimgi bashorat ham amalga oshishni boshlaydi.
Kinokartinada rollarni Amitabx Bachchan, Dipika Padukone, Disha Patani, Prabxas, Kushik Mahata kabi aktyor va aktrisalar rol ijro etgan.
Filmga chiptalarni Afisha.uz saytidan xarid qilish mumkin.