Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (17-oktyabr)

E’lon qilingan sana· 169
Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (17-oktyabr)

17-oktyabr kuni Oʻzbekiston kinoteatrlarida “Jigar” komediyasi, “Yovvoyi robot” multfilmi, “Другой человек” dramasi va boshqa filmlarning premyerasi boshlandi.


“Jigar”

Baxt va Kanikey bir necha yillik turmushdan keyin ajrashishga qaror qiladi. Ammo ular nikohdan o‘tgan joylari Issiqko‘l bo‘lgani uchun, u yerga borishga majbur. Kutilmaganda ularning mashinasi buziladi va shu payt Koychubekovlar oilasi yordamga keladi, ular ham Issiqko‘lga ketayotgandi. Baxt va Kanikey ko‘p vaqt yo‘qotganlari sababli, Koychibekovlarning taklifi bilan ularning mashinasida borishga rozi bo‘ladi. Yagona muammo shuki — Koychubekovlar oddiy oila emas. Safar juda uzoq davom etadi!

Chipta sotib olish.


“Yovvoyi robot”

Robot ROZZUM 7134 (yoki qisqacha “Roze”) kemasi halokatga uchraydi va kimsasiz orolga borib qoladi. U ogʻir sharoitlarga moslashishni oʻrganishi, asta-sekin oroldagi hayvonlar bilan munosabatlarni oʻrnatishi va ota-onasidan ajralgan gʻozni asrab olishi kerak.

Chipta sotib olish.


“Другой человек”

Yangi aktyor Edvard Nyu-Yorkda yashaydi va katta rollarni, atrofdagilarning sevimlisi boʻlishni orzu qiladi. Maqsadga biroz yaqinroq bo‘lish uchun u radikal jarrohlik operatsiyasini oʻtkazishga qaror qiladi va tashqi ko‘rinishini butunlay o‘zgartiradi. Yangi qiyofa boʻyicha orzusi ushaldi, ammo ko‘p o‘tmay bu dahshatga aylandi. U tom ma’noda o‘zi uchun yozilgan rolni qoʻldan chiqaradi va yoʻqotgan narsasini olish uchun telbalarcha intiladi.

Chipta sotib olish.


“Тайная любовь Казановы”

Yosh Luchiya va Jakomo bir-birini ilk uchrashuvdayoq sevib qoladi. Ayni shu paytda Italiyada chechak kasalligi avj olgan bo‘lib, bu dard qizni ham chetlab o‘tmaydi. Taqdir bilan kelishishga urinib, Lyuchiya Italiyani tark etadi va o‘tmishi bilan barcha aloqalarni uzadi. O‘n olti yil o‘tgach, Galateya taxallusi ostida tanilgan mashhur fohisha sifatida, u yana Kazanov bilan uchrashib qoladi.

Chipta sotib olish.


“Qoʻrqinchli 3”

Manyak-masqaraboz Art Rojdestvo bayrami arafasida tinch uxlab yotgan Maylz okrugi aholisini oʻldirishga kirishadi.

Chipta sotib olish.


“Tabassum 2”

Jahon gastrollariga ketayotgan pop yulduzi kuchli la’natga duchor boʻladi.

Chipta sotib oling .


“Iblis qal’asi”

Professorning topshirig‘i bilan yuqori kursning besh o‘quvchisi eski elita vakiliga tegishli bo‘lgan qadimiy uyga borishadi. Mehmonlarni kutib olar ekan, uy bekasi o‘zini juda g‘alati tutadi va tez orada talabalar uning iblisona kuchi bilan toʻqnash keladi.

Chipta sotib olish.