Kinoteatrlarda "Jigar" filmi oʻzbek tilida premyera qilinadi

E’lon qilingan sana· 215
Kinoteatrlarda "Jigar" filmi oʻzbek tilida premyera qilinadi

Qirg‘izistonlik kino ijodkorlar tomonidan ishlangan “Jigar” filmi 17-oktyabrdan boshlab O‘zbekiston kinoteatrlari va “iTV” platformasida premyera qilinadi.

Baxt va Kanikey bir necha yillik turmushdan keyin ajrashishga qaror qiladi. Ammo ular nikohdan o‘tgan joylari Issiqko‘l bo‘lgani uchun, u yerga borishga majbur. Kutilmaganda ularning mashinasi buziladi va shu payt Koychubekovlar oilasi yordamga keladi, ular ham Issiqko‘lga ketayotgandi. Baxt va Kanikey ko‘p vaqt yo‘qotganlari sababli, Koychibekovlarning taklifi bilan ularning mashinasida borishga rozi bo‘lishadi. Yagona muammo shuki — Koychubeklar oddiy oila emas. Safar juda uzoq davom etadi!

Film oilaviy munosabatlar, do‘stlik va odatiy stereotiplar haqidagi sarguzashtga boy komediya bo‘lib, unda oila bilan bog‘liq masalalarda hech qachon umidni yo‘qotmaslik kerak degan g‘oya ilgari suriladi. Ssenariy mualliflari Baxt Osmankanov, Jenish Mayrambek o‘g‘li, Adilet Osmonaliyev hisoblanadi.

“JIgar” filmini 17-oktyabrdan boshlab mamlakat kinoteatrlari va “iTV” platformalarida tomosha qilish mumkin boʻladi.

Jigar

Jigar
Janr
komediya
Premyera
17-oktabr 2024 (O‘zbekiston)